Manipulyatsiya San'ati

@manipulyatsiya_pss


Sizni o'sishingizni o'ylaydigan yagona kanal. Ma'nosiz atamalar va zerikarli darsliklarsiz🔥 Obuna boʻlmasangiz keyin yoʻqotib qoʻyasiz

Manipulyatsiya San'ati

17 Oct, 16:58


Do'stlarga har doim ham ishonib bo'lmaydi

🔻 Ulardan extiyot bo'ling. Chunki senga dushmanlaring xiyonat qilmaydi, aksincha, do'stlaring bu ishni qilishi mumkin. Yetmaganiga, umuman kutmagan paytingda.

🔻 Agar shunday bo'lib qolsa, eski dushmanlaringiz bilan aloqani tiklang. Ular xiyonatkor do'stdan ko'ra mard bo'lishadi. Qolaversa, sizning ishonchingizga kirish uchun qo'lidan kelganini qiladi.

🔻 Bunday hislatlar, hamma do'stda ham topilavermaydi. Shuning uchun orqadan pichoq berishsa, ularni deb o'zingizni tamom qilmang. Bular unga loyiq emas. Chunki bu dunyoga bir o'zimiz kelamiz, ketganimizda ham o'zimiz bo'lamiz.

Qo'shilasizmi? — 🔥

Obuna bo'lishni unutmang: ⚡️

Manipulyatsiya San'ati

14 Oct, 05:11


Haqiqiy munosabatlar qurish mushkul bo‘lgan emotsional yetilmagan insonni qanday aniqlash mumkin?

🔻 Hamdardlikning yo‘qligi. Bunday insonlar boshqalarning his-tuyg‘ulariga qiziqmaydi va yetkazgan azob-uqubatlari uchun kamdan-kam hollarda kechirim so‘rashadi. Ular boshqalarning hislariga e'tiborsizlik qiladi.

🔻 O‘z hislarini nazorat qila olmaslik. “Men shunchaki o‘zimni shunday tutaman” yoki “Nima o‘ylasam, shuni aytaman” kabi gaplar past emotsional intellektdan darak beradi. Ular o‘z his-tuyg‘ularini aniq ifoda eta olmaganliklari sabab, boshqalarni ayblash orqali o‘zlarini himoya qilishga harakat qilishadi.

🔻Mas'uliyatni boshqalarga yuklash. Ular ko‘pincha o‘z his-tuyg‘ulari uchun boshqalarni ayblab, ularni aybdorlik hissiga botirishadi: “Hammasiga sen sababchisan.” Lekin har bir inson voqealarga qanday munosabat bildirishni o‘zi tanlaydi.

🔻 Shaxsiy chegaralarni buzish. “Men hazillashdim, nima bo‘pti?” yoki “Siz juda sezgir ekansiz, bu mening aybim emas” kabi gaplar bilan ular boshqalarning his-tuyg‘ularini qadrsizlantirishga urinishadi. Bunday odamlar sizning shaxsiy chegaralaringizni buzishni odat qilib olishlari mumkin.

Siz shunday insonlarni uchratganmisiz?
❤️ — ATROFIMDA BOR
👍 — YO'Q MENDA

Obuna bo'lishni unutmang: ⚡️

Manipulyatsiya San'ati

03 Oct, 09:17


Soxta uzrlarga qanday javob berish kerak?

Kimdir sizning his-tuyg'ularingizni haqorat qildi va so'ngra hazil dedimi? Bu soxta uzr!

🔻 Agar kimdir sizga: "Kechirasan, gaplarim senga bunchalik tegib ketishini bilmagandim, hazillashgandim" desa, bu sizni aybdor qilishning bir usuli.

🔻 Siz unga mana bunday javob qaytarishingiz mumkin: "Gaping menga tegdimi yo'qmi, ishing bo'lmasin. Undan ko'ra, gapirgan gaplaring uchun uyalsang bo'lardi. Hazil - bu hammaga kulguli bo'lsagina hazil hisoblanadi, faqat senga emas."

Siz ham bunday holat bilan duch kelganmisiz?
❤️ — HA KO'P BO'LGAN
😁 — AKSINCHA MEN KULAMAN

Obuna bo'lishni unutmang ⚡️

Manipulyatsiya San'ati

03 Oct, 05:42


Manipulyatorni qanday aniqlash mumkin?

Manipulyatorlarni fosh etish — bu o'z hayotingizni boshqarish va boshqalar sizni qanday boshqarishlariga qarshi kurashishning asosiy qadamlaridan biridir.

🔻 Ular o'z ayblarini rad etish va o'zlarini haq deb ko'rsatish uchun doimo bir xil sxemani ishlatishadi: avval bu hodisa bo'lmaganligini aytishadi, keyin u qadar yomon bo'lmaganligini ta'kidlashadi, oxir-oqibat esa, aybni sizga yuklaydilar. Bu usulni aniqlash orqali siz manipulyatorning qo'lida o'yinchoq bo'lmaslikni o'rganasiz.

🔹 Quyida manipulyatorlar ko'pincha ishlatadigan iboralar yozilgan:

Bu hodisa bo'lmagan;
Unchalik yomon emas edi;
Agar yomon bo'lgan bo'lsa, bu mening aybim emas;
Men buni ataylab qilmaganman;
Ataylab qilgan bo'lsam ham, sen bunga loyiqsan.

Sizga mana shunday gaplarni aytishganmi?
❤️ — KO'P AYTISHADI
😁 — MEN AYTAMAN

Obuna bo'lishni unutmang ⚡️

Manipulyatsiya San'ati

08 Jul, 17:21


Har doim keragidan kamroq gapiring!

🔻 Gapni davom ettira olsangiz ham sukut saqlaganingiz ma'qul. Aytolmagan gapingizni sirligicha qoldiring. Natijada sizni hurmat qilishadi va sizdan ozgina qo'rqishadi. Bundan tashqari, agar siz ko'p gapirsangiz, keraksiz yoki kulgili narsalarni aytish ehtimoli ko'proq bo'ladi.

🔻 Qolaversa, rejalaringiz haqida hammaga aytmang, buning o'rniga natijalarni ko'rsating. Siz hozir hech kimni so'z va orzularingiz bilan ajablantira olmaysiz. Ammo sizning yutuqlaringiz hatto hasadgo'ylarni ham shimini ho'llab qo'yadi.

Kamroq gapir, ko'proq ishla! "
🔥" qoldiring, agar gapim to'g'ri bo'lsa!

Obuna bo'lishni unutmang:)

Manipulyatsiya San'ati

31 May, 18:51


Hammasiga kulib qo'ying

Bir qarashda, o'ziga ishongan odam nohaq tanqidlarga ko'z yumib qo'yaveradi. Lekin ich-ichidan u allaqachon xulosa chiqargan bo'ladi va u odam bilan bahslashib, o'zining haq ekanligini isbotlashning foydasi yo'qligini tushunib yetadi.

🔻 Behuda bahslashuv o'rniga, bunday odamlar tanqidlarni shunchaki eshitib, o'zlarining kamchiliklarini belgilab olishadi, o'zini yanada yaxshilash haqida fikr yuritadi va o'zining ishini davom ettiradi.

🔻 Shuning uchun siz ham darhol o'zingizning haqligingizni isbotlashga urunib, ularning darajasiga tushib qolmang. O'ziga ishongan odamlar o'zlarini huddi men tariflagandek tutishadi. Ya'n shunchaki kulib qo'yishadi!

Maslahatim ma'qul kelgan bo'lsa "🔥" qo'yishni unutmang!

Obuna bo'lishni unutmang:)

Manipulyatsiya San'ati

22 May, 08:52


Psixologik himoya

Har kuni bizning miyamiz juda ko'p axlat bilan to'ladi, bu psixologik stressni keltirib chiqaradi. Buni zudlik bilan tuzatish kerak.

🔻 Duch kelgan yangiliklarni eshitishni va o'qishni bas qiling. Smartfonlarimizdagi va hatto televediniyadagi yangiliklarning 99% biz uchun mutlaqo foydasiz. Ular bizda faqat negativ hissiyotlarni va stresslarni keltirib chiqaradi. Boshqa hech narsa emas!

🔻 Dam olishingizni to'g'irlang. Miyangizni zo'riqtirmay dam oling. Serial yoki kino ko'rib emas, odam kamroq joylarda sayr qilib dam oling. O'zingiz bilan yolg'iz qoling. Shu tariqa miyangizga anchagina dam bergan bo'lasiz.

Shu gaplar hech hayolingizga kelganmi?
🔥 — HAR DOIM KELADI
👀 — O'YLASHGA VAQT YO'Q

Obuna bo'lishni unutmang:)

Manipulyatsiya San'ati

17 Apr, 17:17


Samarali tanishuv usulini o'rgataymi? Shaxsan men shu usul o'qish vaqtlarimda qo'llaganman

🔻Aytaylik, ko'chada ko'rib qolgan odamingiz sizga yoqib qoldi va siz u bilan tanishmoqchisiz! Hayajonlanmasdan, o'zingizni yengil tuting va shunday deng:

— "Sizni qayerdadir ko'rgandekman. Ismim [ismingzini aytasiz]". Ismingizni ayting va uning ismini [tahminiy ism aytib] so'rang Uyog'ini davom etib ketavering. Endi buyog'i sizning fantaziyangizga bog'liq.

🔻 Birinchidan, siz muloqotga ochiq ekanligingizni ko'rsatgan bo'lasiz. Ikkinchidan, ijtimoiy tabiatingizni tanishtirgan bo'lasiz.

Bu turdagi usullarni yanada ko'proq o'rganishni istasangiz "🔥" reaksiyasini qoldiring!

Bizga qo'shiling:👇
https://t.me/+J6F54jpVdTQxYmQ6

Manipulyatsiya San'ati

05 Apr, 16:30


Mashhur bir gap bor. O'qib ko'ring-da: "Vaqtimni olmang!"

Aynan shu gap, odamlar bilan bo'lgan "золотой" munosabatlaringizni buzishi mumkin.

🔻Umuman vaqtingiz bo'lmasa ham, uning gaplarini eshita olmasangiz ham, bunchalik qo'pol javob berishning hojati yo'q. Chunki bu xulqingiz oqibatida, boshqa odamlarning fikrini yerga urgan bo'lasiz!

🔻Agar haqiqatan ham shoshayotgan bo'lsangiz, kelganingizdan keyin yoki ishingizni qilib bo'lganingizdan keyin gaplasha olishingizni ayting. Natijada, hech kim sizdan kek saqlamaydi va xafa bo'lmaydi!

Siz ham shu iboradan foydalangan bo'lsangiz "👍" reaksiyasini qoldiring!

Bizga qo'shiling:) 🔥

Manipulyatsiya San'ati

26 Mar, 10:33


🔴 Ko'zlarda sevgini aniqlash

🔻 Amerikalik olimlar qiziqarli tadqiqot o'tkazdilar, unda inson sizni sevib qolgan yoki yo'qligini ko'zlar va qorachig'lar orqali aniqlash mumkinligini ko'rsatdilar. Ko'z qorachig'ining diametri insonning hursand bo'lishi, qiziqishi, hayajonlanishi va sevgisining o'ziga xos "ko'rsatkichi" bo'lib xizmat qiladi.

🔹 Ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, yoqtirgan odami uning ko'rish maydoniga kirsa, uning ko'z qorachig'i kengayadi.

Shuning uchun ham har doim e'tiborli bo'ling deb chakagim tushadi sizga! 😁

Oldin bu narsaga e'tibor qaratganmisiz?
🔥 — JUDA KO'P
❤️ — UYALAMAN QARASHGA

Obuna bo'lishni unutmang:)

Manipulyatsiya San'ati

19 Mar, 08:40


🔴 Agar siz yangi davrada bo'lsangiz, shaxsiy ma'lumotlaringizni aytib o'tirmang

🔹 Atrofingizdagi yangi odamlar to sizni yaxshilab tanib olmaguncha, shaxsiy ma'lumotlaringizni aynan o'zingizning zararingizga ishlatishi mumkin.

🔻 Oldindan o'ylangan fikr. Suhbatdosh siz haqingizda tez xulosa qilib qo'yadi va bu holatning 90% ijobiy bo'lmaydi. Gapim rostmi yolg'onligini sinab ham o'tirmang, oqibatini o'ylang.

🔹 Sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz faqatgina uzoq muddatdan beri tanish bo'lgan odamingizgagina ta'siri bo'lmaydi. Chunki u sizni kim va qanday odam ekanligingizni allaqachon biladi.

Maslahatim foydali bo'lgan bo'lsa "🔥" reaksiyasini qoldiring!

Obuna bo'lishni unutmang:)

Manipulyatsiya San'ati

09 Mar, 08:49


🔴 Markaziy pozitsiyani egallang

Bu sizga oddiy va tushunarli bo'lib tuyulishi mumkin, ammo bu kichik harakat sizning ijtimoiy mavqeingizga sezilarli ta'sir qiladi.

🔹 Har doim va hamma joyda sezilarli joyni, masalan, markaziy joyni egallashga harakat qiling.

🔻 Odamlar, hatto o'zlari ham sezmasdan, boshqalarga qaraganda sizga ko'proq e'tibor berishadi.

Do'stlar, shunga o'xshash ko'proq maslahat olishni istasangiz, "🔥" reaksiyasini qoldiring!

Obuna bo'lishni unutmang:)

Manipulyatsiya San'ati

03 Mar, 13:00


🔴 Qiz sizni sevib qolganligining belgilari

🟡 U yoqimli hazillar qilishga yoki siz bilan bolalarcha bellashadi. U siz bilan bellashsa, talashsa ham uning e'tibori sizda bo'ladi va o'zining ojizaligini shunchaki ko'rsatib qo'ymaydi.

🟡 Oddiy hazillaringizga ham kula boshlaydi. Hazilingizga hech kim kulmasa ham, aynan u kuladi. Bordiyu hazilingiz kulgili chiqsa, uning kulgisi oddiy bo'lmaydi, hammadan baland kulishga harakat qiladi.

🟡 Qayerga qaramang, u qarshingizda. Bu tasodif emas, balki strategiya. U siz yurgan joylarni topadi, u yerga boradi, doim e'tiboringizga tushishni istaydi.

Agar shu postning 2-qismi chiqishini istasangiz "
🔥" reaksiyasini qoldiring!

Obuna bo'lishni unutmang:)

Manipulyatsiya San'ati

26 Feb, 17:50


🔴 Ishonch jestlari!

🔻 Suhbat davomida sizni 90% ehtimollik bilan tinglashni istasangiz, hech qachon qoʻllaringizni chalishtirib olmang, suhbatdoshingizning koʻzlariga qarang, unga orqa oʻgirmang, shuningdek, oyoqlaringizni chalishtirmang

🔻 Agar oldingizda bir necha kishidan iborat auditoriya boʻlsa, boshingizni qimirlatib, ularning har biriga koʻz tashlang.

🔥 — Har doim shunday qilaman
👍 — Endi o'rgandim

Obuna bo'lishni unutmang:)

Manipulyatsiya San'ati

19 Feb, 13:10


🔴 Eng jirkanch manipulyatsiya

🔻 Bu manipulyatsiya turi, dunyodagi eng jirkanchlaridan biridir. Men bunga 100% aminman!

🔻 Qanday ishlaydi? U sizning orzularingiz haqida bilib oladi va o'zining maqsadlarini sizning orzularingiz orasiga tiqishtira boshlaydi, chunki siz orzularingizga yetishishingizni istamaydi. So'ng ochiqdan-ochiq sizni manipulyatsiya qilishni boshlaydi.

❗️Sizni chin dildan sevadigan va hurmat qiladigan inson hech qachon bunday ish qilmaydi.

Obuna bo'lishni unutmang:)

Manipulyatsiya San'ati

14 Feb, 14:20


🔴 Tezroq bo'l

🔻Turli vaziyatlarda muvaffaqiyatli ishlaydigan manipulyatsiya. Shunchaki muhim uchrashuvga kechikayotganingizni, vaqtingiz cheklanganligini ayting.

🔻 Suhbatdoshingiz vaziyatni shoshilinch baholab, sizga tezroq gapira boshlaganini seza boshlaysiz. Eng asosiysi, sizning savollaringizga o'ylamay javob beradi.

🔻 Effektni kuchaytirish uchun "Tezroq gapir; Maqsadga o't va h.k." iboralardan foydalanishingiz mumkin.

Sizga shunday qilishganmi?

HA — 👍
YO'Q — 🔥

Obuna bo'lishni unutmang: 👇

Manipulyatsiya San'ati

31 Jan, 17:10


🔴 Jabrlanuvchilar iborasi!

Agar siz bunday iboraga duch kelgan bo'lsangiz yoki hatto uni aytgan bo'lsangiz, unda siz qurbonlar qatorida bo'lishingiz mumkin. Ibora quyidagicha: "Nega aynan men? Nima uchun?"

🔻 Birinchidan, bu sizning zaifligingiz va ishonchingiz yo'qligini bildiradi. Ikkinchidan, bunday muammolarni hal qilish qo'lingizdan kelmasligini anglatadi.

🔻 Bu iborani quyidagi so'zlar bilan almashtirishingiz mumkin: "Yana bir maummo. Buni hal qilaman albatta."

Shunday tariqa, siz boshqalarga o'zingizning himoyangiz borligini, ikkinchidan, taqdirdan shikoyat qilavermay, harakat qilishingizni ko'rsatgan bo'lasiz!

Obuna bo'lishni unutmang:)

Reaksiya kutib qolaman 🔥

Manipulyatsiya San'ati

24 Jan, 17:39


🔴 Reaksiyalarga e'tibor bering, kuzating!

🔹 Inson sizga va boshqa suhbatdoshlarga qanday munosabatda bo'lishini tushunish uchun uning holatiga e'tibor berish kerak.

🔻 Agar u bemalol o‘tirsa, tanasini suhbatdoshlari tomon burib, oyoqlarini chalishtirmay o'tirsa, bu o‘zini qulay his qilishini va unga osongina ta'sir o'tkazish mumkin ekanligini bildiradi.

🔻 Agar poyabzal ichidagi barmoqlar ichkariga tortilib yoki yon tomonga qaragan boʻlsa, bu odam suhbatni tugatmoqchi ekanligini koʻrsatishi mumkin. Unga o'zini erkin his qilishiga yordam berish, gapirish imkoniyatini berish kerak.

PS. Menga ham sizning shu yerda bildiradigan reaksiyalaringiz muhim. Kutib qolaman ☺️

Obuna bo'lishni unutmang:)

Manipulyatsiya San'ati

22 Jan, 14:17


🔴 Ishontirish / Taklif qilish

🔻Bu ikki turdagi ta'sirning natijasi bir xil - insondan biror narsaga erishish

Farqi nimada?

🔹 Ishontirish - odamning ongiga ta'sir qilish. Siz aytgan gaplarni idrok eta oladi.
🔹 Taklif qilish - bu ham inson ongiga ta'sir ko'rsatish lekin u tomondan tanqidiy fikrlar bo'lmaydi

Qo'pol qilib aytganda:

🔹 Ishontirish - odam sizning so'zlaringizni idrok etadi
🔹 Taklif qilish- odam tushunmaydi, lekin rozi bo'ladi.

Kelajakda odamlar bilan kechadigan munosabat va muloqotlarda taklif qilishdan ko'ra ishontirish sizga ko'proq foyda keltiradi.

Obuna bo'lishni unutmang:)

Manipulyatsiya San'ati

21 Jan, 14:21


🔹Agressiv munosabatga xotirjamlik bilan javob qaytarish.

🔹 Sizga tashlanayotgan (baqirayotgan, g'azab bilan gapirayotgan) odam, sizdan ham huddi ana shunday munosabatni kutadi.

🔹 Agarda siz unga sovuqqonlik bilan javob qaytarsangiz, xotirjam bo'lib gapirsangiz, u darhol o'ziga keladi va katta ehtimol bilan, muammoni tinch yo'l bilan hal qilishga o'tadi.

🔻Asosiysi, uning tuzog'iga tushmaslik.

Reaksiya 🔥

#ManipulyatsiyaSirlari

Obuna bo'lishni unutmang:)