MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

@mahliyo_karimova_official


📃O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi a’zosi Mahliyo Karimova ijodidan she'riy namunalar

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

22 Oct, 14:17


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

22 Oct, 14:17


Bir kuni kel...
Unutamiz barcha ginalarni shu bir kungina.
Qarshimga o'tir!
Sevimli musiqamizni chalib ber!
Charchagan ruhim orom olsin biroz...
Faqat keyin indamay ket.
So'zsiz, sadosiz...
Anglaginki, bu so'nggi diydor barcha go'zal kunlarimiz xotiri...
So'zsiz xotima bo'lsin...
Go'zal xotima bo'lsin!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

22 Oct, 12:53


O'zi hayot yengil emas,
Og'ir dardlar bilan kelma.
Aziyatlar, nadomatlar va
Shum xiyonatlar bilan kelma...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

21 Oct, 02:36


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

21 Oct, 02:35


* * *

Men moziyni etsam xotir
Qirqta jonim o’rtanodir,
Kimlar haqqi bo’lib botir
O’zbekchada gapiraman!

Qancha jadid bobom tili
Qadoq qo’lli momom tili,
Tug’ilajak bolam tili
Men o’zbekcha gapiraman.

Ha! Qutlug’ yo’l bosib kelgan
Ha! Ulug’ yo’l bosib kelgan
Ko’ksiga shon osib kelgan
O’zbekchada gapiraman!

Yetishguncha sarson kezdik
Orzu edi, armon kezdik
Otam o’zbek! Onam o’zbek
Men o’zbekcha gapiraman.

Men har tilni qulgum hurmat
Egasini qilgum izzat,
Ona yurtda esa faqat
O'zbekchada gapiraman.

U har turli bezaklarsiz
O'zi go'zal, o'zi tengsiz,
O'zgarish-u, xotolarsiz
Men o’zbekcha gapiraman.

Yo'l chetida kelgani yo'q
Kecha paydo bo'lgani yo'q,
Singani yo'q, o'lgani yo'q
O'zbekchada gapiraman!

Til boqiylik bunyod etgay
Yursang yo'ling obod etgay,
Til millatni tirik tutgay
Men o'zbekcha gapiraman!

Ona tilda gapiraman!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

20 Oct, 18:38


…………………………………………..

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

20 Oct, 16:16


Kitob javonining eng to’ridan joy olgan va ancha bo’ldi qo’lingga olinmagan qadrdon bir kitob…
Uyqu oldidan mutolaa uchun uni qo’lingga olasan, boshingni yostiqqa qo’yib endi kitobni ochasan hamki uning ichidan eski bir surat uchib tushib yuzingga uriladi…

Anglatib bo’ladimi bunday paytda ichingdan nimalar o’tganini…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

18 Oct, 13:56


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

18 Oct, 13:55


* * *

Kel... Indamasdan o'tir yonimga
Charchagan ruhimning boshini sila,
Kel mayli, seni meni sukutlarga ko'm
So'zlashib dilni qon qilgandan ko'ra.

Kel... Fasllar yuzimga urdi qamchisin
Boshimni egmadim, tik qarab turdim,
Men hali yashashga ulgurganim yo'q
Seni kutishlarga faqat ulgurdim.

Kel... Qo'limdan tut, yelkanga suya
Ayt-ki: "Endi g'amga mahbus emassan,
Men ham sensiz sarson emasman endi
Keldim, endi sen ham baxtsiz emassan"

Kel! Sen shularni aytish uchun kel...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

18 Oct, 07:22


- Xush ko'rgan mevang qaysi?

- Anor

- Nega anor?

- Ham bus-butun, ham parcha-parcha...
( huddi qalbimdek... )

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

17 Oct, 13:59


* * *

Sog'intirdim... Sog'inding... Sezdim!
Va emasman men ham baxtiyor,
Kuchliroqsan axir, azizim,
G'ovlarni sen ag'darib yubor.

Biz xatoga bermadik qo'lni
Sinovlarga ro'baro keldik,
Bir-birovni izlab har kimdan
Birovlarga ro'baro keldik.

Ikki yurak bir holga mahkum
Sog'intirding, sog'indim, to'ydim,
O'zing kelib meni topib ol
Men o'zimni yo'qotib qo'ydim...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

16 Oct, 13:14


Uzun bir ish kuni...
Charchaysan alabtta.
Shu kunning oxirida borishni istagan bir manziling, yoniga qochishni istagan bir odaming va taqillatishni istagan bir eshiging bo'ladi...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

15 Oct, 12:54


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

15 Oct, 12:53


Beni yürüyüşe davet et
istersen konuşalım…
İstersen bazı konuları uzun uzun tartışalım.
Ya da istersen sessizce dolaşalım...
Ama ikimizin de bu yürüyüşe ihtiyacı var.
Çünkü her zaman bir arada olan kalplerimiz ve ruhlarımız bizi bir araya getirememekten yoruldu…
Onlara eziyet etmeyelim
Beni yürüyüşe davet et...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

15 Oct, 06:15


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

15 Oct, 06:14


* * *

Kuz... Yaproqlar raqs etar qara
Ishq va g'urur bahs etar qara,
So'ra! Mening holimni so'ra
Sog'inchingdan tamom bo'ldim man.

Kuz... Oxirgi ilnj vaqti bu
Jur'atimning so'nggi shahdi bu,
So'nggi umid, oxirgi tuyg'u
Shular bilan omon bo'ldim man.

Kuz... Shamollar silar yuzimni
Rangi ketgan she'rim, so'zimni,
Men dardingga berdim o'zimni
Nega buncha yomon bo'ldim man.

Tamom bo'ldim... Tamom bo'ldim man...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

13 Oct, 14:21


* * *

Ketdi. Tamom. Men ham o’ylanmayapman
Sog’inch odamiga aylanmayapman.
Qiynalish…?! Umuman qiynalmayapman
Deb sen ham o’zingni aldayapsanmi?!

Ayt bu qanday sevgi, bu qanday armon
Kim dadil, kim qo’rqoq, ayt kimda yolg’on,
Alqissa, biz uchun bermagan imkon,
Sen ham shum taqdirni qarg’ayapsanmi?!

Asli baxtlar bizni ketmadi tashlab,
Biz ketdik baxtlarning ko’zini yoshlab.
Kim bilar nelarni keladi boshlab,
Sen ham ertalardan qo’rqayapsanmi?!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

12 Oct, 04:32


Bitta qahva, bitta kitob
Yetmaydimi ikkimizga…?

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

11 Oct, 18:58


Balki yolg'on mening
tabassumlarim
Balki ko'z yoshlarim yolg'ondir mening…

Meni o'zing angla, meni Sen o'qi...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

11 Oct, 13:28


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official