Immigration & Law INFO

@koreavisalaw


The Law Consultant
IMMIGRATSIYA MASLAHATI
: VIZA MUDDATINI UZAYTIRISH
: VIZA TURINI O'ZGARTIRISH
QONUN VA SUD
: ADVOKAT YOLLASH
: JABRLANUVCHI HIMOYASI
Bog'lanish:+821065989707
Telegram: @Advokatura_Korea

Immigration & Law INFO

21 Jan, 00:25


🛑💵💸DIQQAT PUL OLDI BERDISIDAGI JINOYATLAR.

Hozirgi kunda turli xil qo`shtirnoq ichidagi xarom luqma yesa vijdon qiynalmaydiganlar tomonidan amalga oshirilayotgan o`g`irilik qalloblik qilayotganlardan ehtiyot bo`lish haqida

Haftasiga kamida har 10 jabirlanuvchining 2 tasi shu mavzudagi muammo bilan aloqaga chiqadi. Ya`ni ( 사기 범죄) fribgarlik jinoyatini sodir etish yo`li bilan o`zlashtirilgan pullarni qanday qaytarsa bo`ladi savollar bilan.

Jabirlanuvchi: Birov o`rtada edi ishonib tashlabman, u odam yo`qolib qoldi, qanday ariza bersam bo`ladi? (신고) qilsam pulimni olamanmi kabi savollar.
Men bu holatlarda sizga qanday maslahat bersam foydali, qanday amaliy yordam bera olaman? degan savollarga ko`p o`ylanib qo`ldan kelganicha tajribalar natijalarni tahlil qilib, ogohlik uchun yozib tarqatish ham foydali deb o'yladim.

Avvalo hech qachon begona tanimagan odam bilan pul oldi berdisini amalga oshirmang!
Turli gruhlarda pul o`tkazib beramiz, pul, mavzularidagi odamlar bilan hech qanday aniqlik ma`lumotlarisiz pul oldi berdisini amalga oshirmang!

Bordiyu pul oldi berdisini qilmoqchi bo`lsangiz Id karta, tel raqami, bergan kartasidagi ismi id bilan to`g`rimi? tekshiring!
Birov uchun o`rtada vositachi bo`lib ham pul ma`suliyatlarini bo`yningizga olmang!

Bilasizmi nima uchun ? Chunki ko'plab da`vo arizalar va talablarni davlat hodimlari tomonidan yuzaki tekshirib talablarni qondirilmaslik holati ko`p kuzatilmoqda. Koreyaning ko`plab politsya idoralari, prokraturalariga arizalar bergan paytimiz ijobiy natijalarni bera olmayotgani meni hafsalamni pir qilmoqda. Bir qancha muddat vaqtingizni olib bo`lgach, ikki varoqqa bir dunyo sabab keltirib jinoyatchini topa olmadik ayb o`zizda ekan degan xabar yoki qo`ng`iroqni qilishadi.

Demak bundan ko`rinib turibdiki ogohlikka chaqirish eng maqbul yo`li bo`lmoqda. Agar ohirigacha boraman desa ortiqcha sarf harajat deydida jimgina kechib ketmoqda.
Bu bilan Koreyani hukumati haqida gapirmoqchi emasman biroq hizmatiga ma`suliyatsizlik qiladigan hodimlar ko`p uchraydi.

Jinoyatchini topish holatlari ham bor biroq ular aniq dalillar, aniq manzillar, va shaxsi aniq kimsalar bo`lsagina natija ijobiy bo`lmoqda.


Ogoh bo`ling zotan dunyo quzg`unlarga to`la.

Ko'proq yurtdoshlar ko'rsa qisman bo'lsada shu kabi jinoyatlarni oldini olishda hissamiz qo'shilgan bo'lar edi.📤

https://t.me/koreavisalaw

Immigration & Law INFO

21 Jan, 00:20


🛑Diqqat!

Aziz vatandoshlar diqqatiga! Ogohlikka chaqiramiz!
Janubiy Koreyada ko'plab yurtdoshlarimizning quyidagi:(당 근... ) market fribgarlari, turli missionerlar: din targ'ibotchilari va shu kabi Koreys fuqarolari tomonidan chet elliklarga nisbatan tovlamachilik va chuv tushurish holatlar sonining ko'paygani ortidan ushbu ma'lumotni joylamoqdamiz.
Jabrlanuvchiga aylanib qolmaslik uchun yodda tuting!

1- Hech qachon online bozorlardan shaxs bilan masofadan turib kelishuv qilmang! Asosan 당근, 차차차...)kabilar. ( 쿠팡 va shu kabilari bundan mustasno) Hattoki sizga masofadan turib shaxsiy ma'lumotlaringiz, uy manzilingizni berishingiz va oldindan to'lovni taqdim qilishingizni so'rab "Men uyingizga jo'natib yuboraman"yoki "Men uzoqroq safardaman sizga olib borib berishadi" deyishsa rad eting aslo rozi bo'lmang. " Hozir pul tashlasangiz arzon qilib beraman" kabi qalloblik yolg'onlariga ishonib ko'p yurtdoshlarimizning shoshib to'lovni oldindan amalga oshirib qo'yish holatlariga sabab bo'lmoqda. Har bir davlatning o'z zararkurandalari mavjudligini unutmang!

2- Ko'chalarda, turli xil xiyobonlarda hatto uyingizga ham keladigan din targ'ibotchilari, turli xil yo'llarga yetaklovchi shaxslarga aldanib qolmang! Ularning maqsadi chet tilini o'rgatish yoki turli xil bepul to'garaklarga qiziqtirish ortidan o'z dinlariga tortishdir. Bunday shaxslarni uchratganingizda qanday javob berish kerak?
-Men Musilmonman yoki meni darslarim ko'p to'garaklarga vaqtim yo'q,
Vaqtingizni ajrata olasizmi? deydiganlarga esa; Yo'q shoshyapman va shu kabi qisqa javoblar yetarli. Albatta har kimning erki o'zi bilan ammo ular bilan suhbat jarayonini uzoq cho'zmaganingiz ma'qul qo'shimcha savollar yuzaga kelib ularga aldanib qolishingiz mumkin.
Qo'shimcha ma'lumot:
3- Avtomobil sotib olishda agar siz (PRAVA) yani mashina haydash guvohnomasiga ega bo'lmasangiz aslo shoshilmang!!Bu shoshilishingiz sizga juda qimmatga tushishi mumkin. Jarimalar, Deportatsiya va shu kabi yirik muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqarish 1,000,000won jarimaga yoki holatdan kelib chiqib yana qo'shimcha jarimalar to'lashga olib keladi. Jarimalaringiz soni nizomda belgilangan miqdoridan oshib ketishi,kelgusida viza muddatini uzaytirish yoki o'zgartirishda bir qancha muammolariga sabab bo'lishi mumkin.

Biz barchamiz bir oilamiz!
Ogoh boling!
Bilgan insonda bilmaganining haqqi bordir...

https://t.me/koreavisalaw

Immigration & Law INFO

20 Jan, 23:37


12-oktyabr soat 11:00 da O‘zbekiston elchixonasida Janubiy Koreyadagi yangi tayinlangan elchi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi!

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib Abdusalomov Alisher Azamjonovich tayinlangan edi. Yangi elchi Koreyadagi vatandoshlar bilan oflayn, hamda onlayn uchrashish istagida.

Uchrashuvdan maqsad:
• vatandoshlar bilan suhbatlashish,
• diplomat o‘zi va missiyasi haqida maʼlumot beradi,
• vatandoshlar bilan aloqa o‘rnatish,
• vatandoshlarning taklif va izohlarini eshitishdan iborat.

Oflayn uchrashuvdagi o‘rinlar soni chegaralangan: 80 nafar.

Online uchrashuv havolasi keyinchalik e'lon qilinadi!

Ro’yxatdan o’tish uchun havola:https://forms.gle/i5JGPbGAqYVdvhXM9

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

Immigration & Law INFO

20 Jan, 20:24


📢🔴DIQQAT! OGOH BO'LING!


"Immigratsiya nomidan foydalanib, shaxsiy ma'lumotingizni so'rayotgan 'voicephishing'dan" ehtiyot bo'ling!

Hozirgi kunda quyidagi telefon raqamdan 1533-6715, 1533-6725 o'zini immigratsiya idorasidan deb chet-elliklarning shaxsiy ma'lumotini so'rayotganlik haqidagi holatlar yuz berayotgan ekan.

ARS(avtomatik javob berish sistemasi) orqali "immigratsiya idorasiga ulanish uchun 0 raqamini bosing" deb shaxsiy ma'lumotingizni berishdan ehtiyot bo'ling.

Immigratsiya idorasi chet elliklar aldanib qolmasliklari uchun ogohlantiryapti.
Ma'lumotni iloji boricha ko'pchilikka ulashing.

https://t.me/koreavisalaw

Immigration & Law INFO

20 Jan, 20:21


Hanshin Universiteti ishi bo'yicha Immigratsiya xodimi ham aloqadorlikda ayblanmoqda

O'tgan yili Noyabr oyida Hanshin Universiteti til kursida o'qiydigan 22ta o'zbek talaba Koreyadan noqonuniy ravishda majburiy chiqarib yuborilgan edi. Ma'lum qilinishicha, bu ishda Hanshin Universiteti bilan bordi-keldisi borligi gumon qilinayotgan Immigratsiya xodimi tergov qilinmoqda.

Aytilishicha, bu Immigratsiya xodimi o'zbek talabalariga ular belgilangan talablarga mos kelmagan bo'lsa ham Koreyaga kirib kelishlari uchun viza tayyorlab berishda va Hanshin universitetidan bu uchun yegulik va ichimliklar olganlikda ayblanmoqda.

Ayni vaqtda Busan Immigratsiyasining Gimhe bo'limida ishlayotgan bu xodim bunday ayblovlarni rad etmoqda.

Manba: misterberd👈

https://t.me/koreavisalaw

Immigration & Law INFO

20 Jan, 19:55


NODONGBU

Link:
https://www.moel.go.kr/minwon/apply/formApplyList.do

1. Saytga kirib
2. 민원 신청
3. 온라인민원신청
4. 노동포털바로가기


➡️ Ish haqini to'lamaganlik uchun a'riza

➡️Ish beruvchining to'lanmagan Ish beruvchining to'lanmagan
ish haqini tasdiqlashi va boshqalar

➡️Ishga qabul qilish qoidalari Ishga qabul qilish qoidalari
to'g'risidagi hisobot

➡️to'g'risidagi hisobot Pensiya pensiya nizomi
to'g'risidagi hisobot

➡️to'g'risidagi hisobot Ishlab chiqarishdagi baxtsiz
hodisalarni tekshirish

➡️to'g'risidagi hisobot Mehnat inspektsiyasi
to'g'risidagi ariza

💬Quyidagi link orqali siz o'zingizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni olishingiz va online nodongbuga a'riza qoldirishingiz mumkin.

🖥Ushbu link orqali kirib siz video qo'llanmalar orqali mehnat faoliyatingiz davomidagi siz uchun kerakli bo'lgan qonunlarni o'rganishingiz mumkin.

Kanalimiz sizga manfaatli bo'layotgan bo'lsa boshqalar bilan ham ulashing

🖥Bizning kanallar: 💥

https://t.me/KoreyaQonun

https://t.me/koreavisalaw

Immigration & Law INFO

20 Jan, 19:52


D9 vizasi haqida bilarmidingiz?


D9 vizasi bu
(savdo/boshqaruv vizasi) bo'lib, xorijliklarga Koreyada savdo qilish yoki Koreyada tijorat biznesi yoki boshqaruvi, masalan, eksport uskunalarini (mashinalarini) oʻrnatish, ishlatish va taʼmirlash, kemalar qurish, va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni nazorat qilish Valyuta operatsiyalari to'g'risidagi qonun va Valyuta operatsiyalari qoidalariga muvofiq, agar 300 million von yoki undan ortiq xorijiy kapital kiritilsa va Qo'shilgan qiymat solig'i qonuni bo'yicha biznesni ro'yxatdan o'tkazish tugallangan bo'lsa, Koreyada biznes operatsiyalari mumkin.

D9 vizasiga viza berilgandan keyin 2 yilgacha bo'lgan muddat beriladi.


D-9 vizasida

1) 300 million von yoki undan ortiq xorijiy valyutani import qilgan, biznesni ro'yxatdan o'tkazgan va Koreyada kompaniya yoki shaxsiy biznesni yuritadigan chet elliklar (Valyuta operatsiyalari to'g'risidagi qonun va valyuta qoidalari)

2) Koreyaga 300 million vondan ortiq sarmoya kiritgan va xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qonunga muvofiq investitsiya kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan intervensiya korxonalari

3) Chet elda o‘qiyotgan (D-2) yoki mahalliy universitetda magistr yoki undan yuqori darajaga ega bo‘lgan ish izlayotgan (D-10) va 100 million vondan ortiq sarmoya kiritgandan so‘ng Koreyada kompaniya yoki tijorat biznesini yuritmoqchi bo‘lganlar va biznesni ro'yxatdan o'tkazishni yakunlash.

Ayni paytda 100 million von sarmoyaning 50 million vongachasi mamlakat ichida jalb qilingan mablag‘lar sifatida tan olinadi, biroq qolgan mablag‘lar Valyuta operatsiyalari to‘g‘risidagi qonun va Valyuta operatsiyalari qoidalariga muvofiq xorijiy kapital bo‘lishi kerak.

Ushbu vizaga o'tish yoki o'tish tartiblari haqida: 01065989707
Telegram: @Advokatura_Korea

@koreavisalaw

Qo'shimcha ma'lumotlar:
https://linktr.ee/Advokatura_Korea

Immigration & Law INFO

20 Jan, 19:35


🔔Aziz Vatandoshlar!
Janubiy Koreya hududida istiqomad qilar ekansiz faoliyat doirangizga ta'sir qiluvchi ayrim omillar sizning muammoyingizga aylanishi mumkin!



📌Ish joyingizda oylik maoshingizni qasddan ushlab qolinishi,maoshingiz kechiktirilishi

📌Shaxsingizga nisbatan nohaq ayblovlar qo'yilishi                                      
📌Sizga nisbatan Haqoratli so'zlar ishlatilganda yoki taxdid  qilish yo'llari bilan nojoya harakatlar sodir etishga undashsa

📌Ustingizdan tushgan asossiz shikoyat tufayli politsiya idorasiga chaqirilish holatlari kuzatilsa

📌Avto halokat va baxtsiz hodisalar tufayli norozilik shikoyatingiz va davoyingiz bo'lsa 

📌Ishlab chiqarishdagi (zavodingizda) tan jarohatingiz yuzasidan  ariza  



📌Viza muddatini uzaytirish uchun hujjatlar tayyorlash va ariza berish       
📌Viza turini o'zgartirish  (faqat mumkin bo'lgan vizalar!)     
📌Viza turiga qarab oila a'zolari uchun taklif xatini  tayyorlash   
📌Elchixona uchun hujjatlar tayorlash, viza holatini tekshirish    
📌Ish qidirish D-10 vizasiga o'zgartirish jarayonidagi

📞Biz bilan bog'lanish: muammolar
010-6598-9707


👨‍💻Ijtimoiy tarmoqlarda:
  
Telegram: @Advokatura_korea
KakaoTalk:  johnmakhmud



https://t.me/koreavisalaw

Immigration & Law INFO

20 Jan, 19:18


🏛Yillar davomida Janubiy Koreyada ta`lim olish uchun chet eldan tashrif buyurish istagidagi talabalar ko`payib borayotgani ayni haqiqat. Lekin Koreyaga kirib kelishni maqsad qilgan hamma o`quvchilar ham marraga yetib kelavermaydi. Chunki asosiy qism bo`lgan viza olish jarayonidagi qiyinchiliklar ko`plab o`quvchilarni yo`lning yarmidan qaytishga majbur qiladi. (Bank sprafkasi, yillik daromad, topik ielts) kabi hujjatlardan muammolar yuzaga keladi.
Ushbu ma`lumot Koreyaga o`qish uchun aslida qanday vizalar olib kirib kelsa bo`ladi? Shu savollarga batafsil qo`llanma sifatida beriladi.

Janubiy Koreyada talaba bo`lishning bir necha turlari mavjud bo`lib:

🟢 한국어어학당 Koreys tili o`quv kurslarini o`rganish uchun

Viza turlari -( D4 va D4-1) 📰
D4 viza bu oddiy taklifnoma bilan universitet taklifi orqali O`zbekistondagi Janubiy Koreyaning elchixonasiga viza uchun murojaat qilinadi.
D4-1 vizasi esa talaba va viza agentliklar tilida TELEX Koreyada immigratsiya tilida esa (사증발급신청서) bu Janubiy Koreyaning o`zidayoq vizani tasdiqlab malakatga kirishga ruxsat beradigan viza hisoblanadi. Bu vizaga ariza berish tartibi asosan Koreyadagi noqonuniy talabasi 1% dan kam bo`lgan universitetlar tomonidan amalga oshiriladi.

🟢 전문학사 2 yillik kasb hunar uchun iqtisoslashgan universitetlar
(Viza turi D2-1) 📰
Bu odatda kasb va hunarlar o`rganish uchun, chet ellik talabalar tashrif buyurib tahsil olishi mumkin bo`lgan viza. Asosan 2 yilda tamomlashga mo`ljallangan bu viza orqali professional ishchi E7 vizasini qo`lga kritish marrasi yaqinroq va kollejda darslar nazorati deyarli qattiq bo`lmaydi. (asosiy maqsadni pulga qaratgan talabalarga qulay)
TOPIK 2 bilan qabul qiladi va elchixonadan xam viza olsa bo`ladi

🟢 대학교 Bakalavr bosqichi 4 yillik universitetlar.
(Viza turi D2-2) 📰
4 yillik universitetlar uchun. Odatda bu universitetlar talabi TOPIK 3 yoki IELTS 5,5 dan yuqori bo`lishi kerak. Bakalavr bosqichida top universitetlari mavjud bo`lib bank sprafkasi va yillik daromad serifikati talab etmaydiganlari ham mavjud.
Diplomi esa oliy ma`lumotli va O`zbekistonda tan olinadi albatta reytinglariga qarab.

🟢 석사 Magistratura bosqichi 2 yildan 4 yilgacha davom ettira olasiz
(Viza turi D2-3) 📰
Ushbu bosqichda talaba bo`lish uchun til sertifikat hamda bakalavr diplomdagi baholari yaxshi bo`lishi talab etiladi. Har doim ham chet elliklar qabul qilib olinmaydi. Bakalavr bosqichiga qaraganda talablar ko`p bo`ladi magistr bosqichida.

🟢 박사 Doktorantura bosqichi 2 yildan 5 yilgacha davom etishi mumkin.
(Viza turi D2-4)📰

🟢 교환학생 Almashinuv (Exchange) dasturlari ham mavjud.
(Viza turi D2-6) 📰 6 oy dan 2 yilgacha bo`lib O`zbekistonda tahsil olayotgan talabalar 2+2, 3+1 dasturlari mavjud bo`lgan Universitetlar orqaligina kelib o`qishlari mumkin.


Eslatib o`tamiz, har doim ham Janubiy Koreyaga hujjat tayyorlashni boshladi degani 100% yetib boradi degani emas. Avvalo nasibasi va sabablarini to`laqonlik bilan bajarishlari talab etiladi.
Viza agentliklari tomonidan yo`l qo`yiladigan hatoliklar ham shular jumlasidandir. Albatta viza uchun ariza berishda munosib va o`z ishlarini ustalari bo`lgan firmalar orqali ariza berishni maslahat beramiz. Tafsiya borasida esa👇👇

Biz ODS ga ishonch bildiramiz. Ko`p yillik tajribaga ega Orient Desk Service viza markazimiz esa yuqoridagi hatolarga yo`l qo`ymaslikni kafolatlay oladigan kompaniyalardan hisoblanadi. Ishonchingizni oqlamasa biz bilan bog`laning va to`lovingizni qaytarib oling.


Admin: @ods555

Bevosita bog'lanish 👇

📞 97-777-56-65
📞 33-339-56-65

Firma manzil 👇
📍Toshkent shahar, Mirobod tumani, Oybek kucha, 40 uy


Janubiy Koreyada viza bilan bog`liq muammolar yuzasidan :
Telegram: @Advokatura_Korea
Tell: 01065989707 raqamiga bog`lanishingiz mumkin.


https://t.me/koreavisalaw

Immigration & Law INFO

20 Jan, 19:15


🔔JANUBIY KOREYA davlatida tahsil olayotgan talaba vatandoshlar uchun eslatma! Hammamiz bilamizki Janubiy Koreyada tahsil oluvchi barcha chet ellik talabalar har 6 oy yoki 1 yilda duch keladigan viza bilan bog`liq muammoni hal etishi kerak bo`ladi.

🟨So`ngi yillarda ayrim shaharlarda talabalar uchun nazoratlar juda qattiq tarzda davom etayotganini kuzatmoqdamiz. Hujjatlaringizda muammo bo`lishi asosan bank shot yoki universitetidagi past baholar sabab bo`ladi. Jumladan bank tarixini tekshirish va koreys fuqarosidan pul tushgani katta muammolarni olib kelmoqda.

🟨Qadrli vatandosh birodarim agar siz ayni kunlarda shu jarayonda bo`lsangiz, men bilan bog`laning yoki holatni oldini olish uchun quyidagilarga e`tiborli bo`lishni unutmang.

🟨2-yillik kasb hunar universitetidaman-ku deb xotirjam bo`lib qolmang, agar muammo paydo bo`lsa juda kam holatlarda universitet hodimlari-yu ustozlaringiz sizga ko`maklashadi. Aksincha sizni ism sharifingizni ham unutadi. Universitetingizdagi qoidalardan kelib chiqqan holda (출석) ya`ni davomadni normasidan pastlatib yubormang!

🟩Universitet tomonidan yoki immigratsiya tekshirishi mumkin bo`lgan bank kartangizga koreys fuqarosidan pul tushirmang!
Vizani uzaytirish davomida hisob raqamingizda ko`rsatiladigan wonni do`stlaringizdan online tarzda o`tkazib to`plab qo`ymang! Immigratsiya sizdan bank hisob raqamingizni 6 oylik tarixini so`ragan paytida sizda katta muammo bo`lishi mumkin!

Biz bilan bog`lanish:
Telegram: @Advokatura_Korea
Tell: 01065989707

https://t.me/koreavisalaw

Immigration & Law INFO

20 Jan, 19:01


📌Janubiy Koreyadagi yashovchi xorijliklarning oila a'zolariga (E-7yoki talaba vizasidagi fuqarolar) beriladigan F-1, F-3 vizalari uchun Koreya elchixonasiga topshiriladigan hujjatlar roʻyxati bilan tanishtirib o'tamiz:

Taklif qiluvchi tomondan yuboriladigan hujjatlar:
1️⃣ Qarindosh ekanligini tasdiqlovchi hujjat (tug'ilganlik haqida guvohnoma,nikoh guvohnomalari tarjima qilingan shakli) - 가족관계입증 서류 (출생증명서; 혼인증명서 아포스틸)
2️⃣ Pasport (qizil) nusxasi - 여권 사본, 배우자 여권 원본
3️⃣ ID karta nusxasi - 외국인등록증 사본
4️⃣ Uy ijara shartnomasi nusxasi - 임대차계약서 사본
5️⃣ Bank ma'lumotnomasi - 잔액증명서
(1 kunlik. Ko'p holatlarda xisob raqamining 3 oylik tarixi so'raladi)
6️⃣ Taklifnoma - 초청장 va Kafillik xati - 신원보증서  (aniq maqsadi yoritilgan holda)
7️⃣ Rasm 3,5x4,5 - 배우자의 증명사진 (3.5*4.5 흰색바탕)
8️⃣ Ish faoliyati olib boradigan yoki o'qish joyidan kerakli hujjatlar
Ish joyidan ma'lumotnoma - 재직증명서
Ish joyining yuridik guvohnomasi - 사업자등록증
Ish joyi bilan tuzilgan shartnoma - 근로계약서
Soliq to'laganlik haqidagi ma'lumotnoma - 근로소득지급명세서
Yillik daromad maʼlumotnomasi - 근로소득원천징수부

Qo'shimcha hujjatlar:
- Imzo haqiqiyligi ma'lumotnomasi - 본인서명사실확인서
- Ro'yxatdan o'tganligi guvohnomasi - 외국인등록 시실증명 

Ko'proq ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning👇
📞 010-6598-9707
@Advokatura_korea


https://t.me/koreavisalaw

Immigration & Law INFO

20 Jan, 18:42


🆘❗️JANUBIY KOREYANING FAVQULODDA HOLATLARDA QO`NG`IROQ RAQAMLARI.


Janubiy Koreyaga kirib kelayotgan yoki kirib kelgan yurtdoshlarimiz uchun maxsus ma`lumot. Quyidagi raqamlarni saqlab qo`yishni unutmang!

1) 소방 - 119 [ Yong`in chiqqanda]

2) 경찰 - 112 [ Dan hodimi (Militsya ]

3) 해경 - 122 [sohil qo`riqlash xizmati]

4) 응급차 -119 [ Tez yordam ]

5) 해외응급의료상담 +82-44-320-0119 (Chet elda shoshilinch tibbiy maslahat )

6) 정부 민원 상담 - 110
(Hukumat shikoyatlari bo`yicha maslahatlashuv markazi)

7) 광역지자체 민원 상담 - 120 (shahardagi hokimyat organlarining shikoyatlar bo`yicha maslahat markazi )



https://t.me/koreavisalaw

Immigration & Law INFO

20 Jan, 18:34


Janubiy Koreya davlatidagi sud turlari qisqacha tushunchada.

민사소송 - Daʼvo turlariga shaxslar oʻrtasidagi nizolarni hal etish boʻyicha fuqarolik daʼvolari

형사소송 - Jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlovchi jinoiy daʼvolar

행정소송 - Maʼmuriyatning niyati yoki harakatsizligi tufayli huquqlarni buzganlik uchun qoʻzgʻatiladigan maʼmuriy daʼvolar kiradi.

가사소송 - Ajralish va farzand asrab olish kabi oilaviy ishlar bilan bog'liq ichki sud jarayonlari mavjud.


Qo'shimcha ma'lumot yoki so'rovlar uchun:

01065989707

@Advokatura_Korea


Yuqoridagi ma'lumotlar sizga foydali bo'lgan bo'lsa biz mamnunmiz!


https://t.me/koreavisalaw

Immigration & Law INFO

20 Jan, 18:16


🛎🛎Janubiy Koreyada yashayotgan aziz talaba vatandoshim...

Habaringiz bo`lsa hozirgi kunda Janubiy Koreyadagi chet ellik talabalar (출입국외국인사무서) ya`ni immigratsiya tomonidan talaba vizasi talablarini kuchaytirmoqda. Sabablari o`zimizda deb aytishimiz adolatdan bo`ladi.

Ayrimlarimiz darslarga qatnashmasligimiz va baholar juda past bo`lishi natijasida immigratsiya hodimlari talabadan (생활카드) bank karta tarixlari ma`lumotlarini talab qilmoqda.

Asosiy muammo shuyerdan boshlanib, talabani koreyadan chetlatish holatigacha yetib bormoqda. Universitet tomonidan ochilgan bank kartalariga koreys fuqarosidan uzluksiz pul tushib turgani yoki immigratsiyaga iqtisodiy holatini ko`rsatish uchun bank shotiga qo`yiladigan pulni do`stlaridan to`plab qo`ygani, hattoki koreys fuqarosidan olib ko`rsatayotgani ham ayni haqiqat.


Diqqat qiling. Aziz vatandosh yuqoridagi holatlar (taqiqlanadi). Siz Janubiy Koreyada yasharkansiz ushbu yurtning qonun qoidalariga bo`ysunishingiz, o`zingizni hotirjam va muammolarsiz yashashingizga kafil bo`ladi.

Viza muddatini uzaytirishda diqqatli bo`ling, imkon qadar topik sertifikatini olib qo`ying, (2,3,4) farqi yo`q. Bilimim bor deb aytishingiz immigratsiyada hech narsani hal etmaydi. Vaholanki balli sistemada sizga topik sertifikatingiz foydali bo`ladi.

Universitet darslarini qoldirmaslik agar darslar ko`p bo`lsa maqsadizga qarab, kam darslari bo`lgan 2 yillik mutaxasislik universitetlarida o`qishingizni maslahat beraman.

Sizning hatoyingiz qolgan vatandosh talabaning qiyin vaziyatlarga olib kelishi mumkin.

Agar sizda immigratsiya bilan bog`liq muammolar bo`lsa,

01065989707
@Advokatura_Korea

https://t.me/koreavisalaw

Immigration & Law INFO

20 Jan, 16:36


🔔⚖️Janubiy Koreya davlatida istiqomat qiluvchi yurtdoshlar diqqatiga!

Bilamizki Koreya hududida chet elliklar o`zlari bilmagan holda muammolarga duch kelib qolishadi. O`z huquqlarimizni himoya qilish uchun urinsak-da bunga ba`zida til qobilyatlarimiz yetmaydi.

Kuni kecha (sharqiy Afrika) davlatidan TANZANIA millatiga mansub chet ellik student bilan sodir bo`lgan holat ushbu ma`lumotni joylashimizga turtki bo`ldi.

Janubiy Koreyada PHD bosqichida ta`lim olayotgan (A) 2023.04.25 kuni tish shifokoriga davolanish uchun boradi va shifokor muolaja paytida tish uchun spirtli mahsulotdan foydalanadi.
Huddi shu kuni uyga mashinasida qaytish chog`ida janob(A)ni politsiya to`xtatadi va uni alkogol ichimligi reydidan o`tkazadi va uni aybdor deb topadi. Kasalxonada ishlatilgan spirt deya holatni tushuntirishga urungan, ammo tushuntirolmagan janob(A) 3 million won jarimaga tortiladi.

3 million jarimani to`lasang hamasi joyida deb tushuntirishadi va janob (A) bu janimani to`lashga majbur bo`ladi. Viza muddati tugashiga yaqin immigratsiyaga hujjatlarini topshirishga kelgan janob (A) chiqib ketish uchun buyruq qog`ozini oladi.

Hozir ushbu chet ellikning nomidan ishini qayta ko`rib chiqish uchun arizasini berish va huquqini himoya qilishga doir chora tadbirlar boshlandi.

❗️Hurmatli vatandosh agar sizda ham yuqoridagi kabi nohaq ayblov yoki sizni huquqingizni buzishayotganini sezsangiz biz bilan bog`laning.

Sizga yordam berishdan mamnunmiz!
Hech qachon sizni huquqingizni oyoq osti qilishlariga yo`l qo`ymang.

Tel: 01065989707


Telegram: @Advokatura_Korea

Gmail: [email protected]

https://t.me/koreavisalaw

Immigration & Law INFO

20 Jan, 16:26


Janubiy Koreyaga talaba sifatida kirib kelishingizda qanday viza olgansiz?
Ushbu D kategoriyasida bir necha turdagi viza borligi haqida bilarmidingiz?

Sizga qiziqmi ?

D-1 Rassom

D-2 Talabalar
D-2-1: Dotsent darajasi(2 yillik kollej)
D-2-2: Bakalavr darajasi
D-2-3: Magistratura
D-2-4: Doktorlik darajasi
D-2-5: Tadqiqot
D-2-6: Talaba almashinuvi
D-2-7: Hukumat taklif qilingan talaba
D-2-8: Chet elda qisqa muddatli o'qish

D-3 Sanoat stajyori
D-3-11: Sanoat stajyori
D-3-12: Sanoat stajyori (texnologiya)
D-3-13: Sanoat stajyori (qishloq xo'jaligi)
D-3-14: Sanoat stajyori (boshqa)


D-4 Umumiy stajyor (o`rganuvchi)
D-4-1: koreys tili stajyori
D-4-2: Umumiy stajyor (boshqa)
D-4-3: Boshlang'ich / o'rta / katta bosqich
D-4-5: Koreyalik oshpaz stajyori
D-4-6: Umumiy stajyor (xususiy institut)
D-4-7: Chet tili stajyori


D-5 Jurnalistika

D-6 Din ishlari

D-7 Nazoratchi

D-8 Korporativ investor
D-8-1: Korporatsiyaga sarmoya kiriting
D-8-2: Tashabbus investitsiyalari
D-8-3: xususiy kompaniyaga sarmoya kiriting
D-8-4: Texnologiyani ishga tushirishga sarmoyador

D-9 Xalqaro savdo
D-9-1: Savdo


D-10 Ish qidirish
D-10-1: E-1 dan E-7 gacha bo'lgan ba'zi ish izlovchilar
D-10-2: Biznesni boshlash

Siz talaba sifatida kelib qanday vizalarga o`zgatira olishingiz mumkinligini bilasizmi? Sizga qiziq bo`lsa kelgusi ma`lumotimiz shu haqida bo`ladi...

https://t.me/koreavisalaw

Immigration & Law INFO

20 Jan, 16:08


K-POINT. E-7-4
Janubiy Koreyada (E9, E10, H2) vizalari bilan ish faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar!
E7-4 vizasiga o'tish tartibidan xabardormisiz ?

Ushbu viza uchun ajratilgan KVOTA 5.000 tadan 35.000 taga ko'paytirildi.

E7-4 vizasiga o'tish ballarining eng yuqori ko'rsatgichi 300 ballni tashkil etadi. Siz ushbu ballik sistemadan 200 ballni to'plagan holda E-7-4 vizani qo'lga kiritishingiz mumkin.

Ballar quyidagi tartibda hisoblanadi👇:

1.(서득)Yillik daromad uchun 120 점
2.(한국어능력) Koreys tilini bilish qobilyati 120 점
3.(나이) Yosh uchun 60 점

So'ngi 2 yildagi o'rtacha yillik daromad kategoriyalari👇(maksimal 120 ball)
1. 120ball- 50.million won yoki undan ortiq
2. 80 ball- 35.million won yoki undan ortiq
3. 50 ball- 25.million won yoki undan ortiq

Kores tilini bilish darajasi (maksimal 120 ball)
1.TOPIK4 yoki KIIP 81 uchun-120 ball
2.TOPIK3 yoki KIIP 61/80 uchun-80 ball
3.TOPIK2 yoki KIIP 41/60 uchun-50 ball

Yosh toifalari uchun👇(maksimal 60 ball)
1.19 yoshdan 26 yoshgacha bo'lgan toifa uchun-40 ball
2. 27 yoshdan 33 yoshgacha bo'lgan toifa uchun-60 ball
3. 34 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan toifa uchun-30 ball
4. 41 yoshdan yuqori toifalar uchun-10 ball

E-9 vizasini E-7-4 vizasiga almashtirish shartlari quyidagicha:👇
1.E-9 vizasida 4 yildan ortiq ishlagan bo'lishi;

2. Hozirgi ish joyida 1 yildan ortiq ishlagan bo'lishi ( 1yilda ortiq ishlagan kompaniya tomonidan tavsiya etilganlar);

3. Kores tili bilish darajasi TOPIK-2 daraja va undan yuqori yoki KIIP saralash imtihonida 41 balldan yuqori olgan bo'lishi;

4. 2 yillik mehnat shartnomasi ish haqi daromadi 50 mln KRW oshiq bo'lishi kerak. (yillik ish haqi 26 mln KRW. Qishloq xo'jaligi, chorvachilik sanoati, baliqchilik sanoati,qirg'oq bo'yi transporti sanoati va ichki dengiz tashish tijorat sanoatida ishlaydiganlar uchun yillik maosh 25 mln KRW yoki undan ortiq)

Agar siz ballar tizimining asosiy bandlari bo'yicha 200 ball yig'a olmasangiz qo'shimcha ballar hisoblash tartibi mavjud.

Bu vizaning afzallik tomoni siz keyinchalik oila a'zolaringizni Koreya Respiblikasiga olib kelishingiz mumkin.

Batafsil : 01065989707

https://t.me/koreavisalaw