Jalol Murad

@jalolmurad


Founder, Owner and CEO of YouKey.uz
Great success comes after big mistakes!
Aloqa uchun: [email protected]

Jalol Murad

15 Oct, 08:48


Ushbu Al sprinkler tizimlari Xitoyning
Fuyang G'arbiy temir yo'l stantsiyasida
sinovdan o'tkazilmoqda ⚡️

@jalolmurad - Yoshlar biz bilan!

Jalol Murad

11 Oct, 12:34


⚡️Google kompaniyasi Google Play'ni raqobatchilarga ochishiga to’g’ri keladi. Bu qaror Kaliforniya sudi tomonidan Epic Games bilan 2020 yildan beri davom etayotgan bahs bo’yicha qabul qilindi.

Boshqa ilovalar do’konlarini toʻgʻridan-toʻgʻri Google Play'dan yuklab olish mumkin bo’ladi. Ilovalar ichida esa ularning saytidan to’lovga havolalar qo’shishga ruxsat beriladi — misol uchun, u yerda obuna narxi arzonroq bo’lsa.

Google advokatlari hali ham qarorga qarshi chiqishga harakat qilishmoqda. Lekin katta ehtimol bilan, kompaniya 1-noyabrdayoq boshqa dasturchilarga Google Play katalogiga kirish huquqini beradi.

@jalolmurad - Yoshlar biz bilan!

Jalol Murad

07 Oct, 10:16


⚡️Rasman "Wolt" Oʻzbekistonga kirib keldi

Wolt bu oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlarni yetkazib berish xizmatini taqdim etuvchi kompaniya bo‘lib, dastlab Finlyandiyada 2014-yilda tashkil etilgan. Wolt ilovasi orqali foydalanuvchilar restoranlar, do‘konlar va supermarketlardan buyurtma berishlari mumkin. Wolt shu vaqtgacha dunyoning 27 ta mamlakatida faoliyat yuritib kelgan, endi esa ushbu xalqaro kompaniya yurtimizda ham xizmat koʻrsatadi.

Wolt ilovasini yuklab oling va birinchi 3 ta buyurtmangizga 15.000 UZS chegirma olish uchun SM4R48U promokodidan foydalaning!

👉 get.wolt.com/SM4R48U

@jalolmurad - Yoshlar biz bilan!

Jalol Murad

06 Oct, 16:11


⚡️2-oktyabrdan DV-2026 uchun
Green Card ochilgan. Green Card
anketasini toʻldirish uchun link:

https://dvprogram.state.gov

@jalolmurad - Yoshlar biz bilan!

Jalol Murad

03 Oct, 13:18


Kuzatuvchilarimdan muammoga birgalikda yechim izlashni taklif qilaman. Chunki Google shunchaki ko‘ngilochar dastur emas, balki muhim xizmatlar, jumladan Gmail, Google Drive va Google Business kabi muhim xizmatlarni o'z ichiga oladi.

Akkauntga kirish imkonini yo‘qotish ish hujjatlari, shaxsiy ma’lumotlar va muhim kontaktlarni yo‘qotish xavfini tug‘diradi. Shuning uchun, akkaunt xavfsizligini ta'minlashda unga telefon raqamingizni qoʻshish judayam muhim.

Agar ushbu muammo boʻyicha Google Supportga koʻpchiligimiz murojaat qilsak muammoni ancha tezroq hal qilishimiz mumkin. Quyidagi link orqali oʻtib Ticket ochishingiz mumkin:

https://support.google.com/accounts/thread/new

Albatta ingliz tilida yozish tavsiya etiladi.

@jalolmurad - Yoshlar biz bilan!

Jalol Murad

03 Oct, 13:15


Google Oʻzbekiston bilan ishlamayapti 😔

Shu yil boshidan buyon google akkauntingizga ulangan telefon raqamni oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz yoki yangi google akkaunt yaratib unga har qanday Oʻzbekiston telefon raqamini ulamoqchi boʻlsangiz rasmdagiga oʻxshash: "Biz hozirda provayderingizga xabarlarni yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlamaymiz. Boshqa provayderning raqamini sinab ko'ring." Yoki "Nimadir xato ketdi. Iltimos, qayta urinib koʻring." kabi qizil yozuvdagi bildirgini olasiz. Qayta urinib koʻrish muammoni hal qilmaydi, boshqa provayderning raqamidan foydalanish ham muammoning yechimi emas. Shaxsan oʻzim Oʻzbekistondagi eng yirik 4 ta mobil operatorning (Uztelecom, Beeline, Humans va Ucellning) raqamlarida sinab koʻrdim barchasida birdek shu muammo.

Men bir necha kun avval Google Support bilan bogʻlanib muammo haqida xabar berdim, lekin hech qanday javob olmadim. Googledek katta kompaniya 1 yil mobaynida ushbu muammoni hal qilmadi, oʻylashimcha muammo ustida ishlamadi ham, bu judayam hayratlanarli.

Jalol Murad

01 Oct, 15:28


Oʻrtacha yevropalik fuqaro oyiga taxminan 685 yevroni quyidagi xarajatlar uchun sarf qiladi:

- 2 ta o'yin sotib olish
- 2 ta kitob sotib olish
- 5 ta media mahsulot
- 5 ta ilovaga pullik obuna
- 3 ta bloggerga donat
- 4 ta dam olish safari
- 1 ta hayriya

Bu aniq hisob kitoblar emas raqamlar umumiy yondashuv bilan o'rtacha bir oy uchun tuzilgan bo'lib, aniq xarajatlar mamlakatlar va shaxsiy odatlarga qarab farq qilishi mumkin.

Siz 1 yil mobaynida ushbu xarajatlar uchun tahminim qancha sarf qilasiz?

Manba: Eurostat orqali ChatGPT

@jalolmurad - Yoshlar biz bilan!

Jalol Murad

29 Sep, 14:42


Moliyaviy Qoʻllov
Loyihamizni qoʻllab-quvvatlashni
istasangiz har qanday miqdordagi
pulni donat qilishingiz mumkin!

Jalol Murad

28 Sep, 17:30


Oʻzingiz xulosa qiling! 😁

@jalolmurad - Yoshlar biz bilan!

Jalol Murad

28 Sep, 07:28


⚡️1-toifa qandli diabet tarixda birinchi bor davolandi — bu hodisa dunyoni o’zgartiradigan yirik tibbiy yutuqdir.

Birinchi toifada Ikkinchidan farqli o’laroq, oshqozon osti bezi umuman insulin ishlab chiqarmaydi — uni har kuni inyeksiya qilish kerak bo’ladi.

Olimlar ildiz hujayralarini o’zgartirib, 25 yoshli qandli diabetga chalingan ayolga ko’chirib o’tkazishdi. Atigi uch oy o’tgach, uning tanasi o’z-o’zidan insulin ishlab chiqara boshladi, ya’ni kasallikdan butunlay davolandi.

Hozirda u bir yildan buyon dori-darmonlarsiz — sog’lom odam kabi yashamoqda. Bundan tashqari yana ikkita bemor ham qandli diabetdan davolangan va yaqin orada yana 10-20 ta odamlarni davolashmoqchi.

@jalolmurad - Yoshlar biz bilan!

Jalol Murad

27 Sep, 15:11


☀️ Olimlar uyqu sifatini yaxshilashning oddiy usulini aytishdi — ertalab quyosh ostida biroz vaqt yurish.

70 kunlik tajribada 18 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan odamlar ishtirok etishdi. Ertalab quyosh ostida vaqt o’tkazganlar orasida uyqu samaradorligi yuqori bo’lgan. Shuningdek, ular tezroq uxlashi osonroq bo’lgan va uzoqroq uxlashgan.

Bunga sabab D vitamini va jismoniy aktivlikdir.

@jalolmurad - Yoshlar biz bilan!

Jalol Murad

27 Sep, 07:48


👓 Meta Orion AR ko’zoynagini ko’rsatdi, bu qurilma ustida kompaniya 10 yil davomida ishlagan.

Ko’zoynakning asosiy xususiyatlari:

• To’plamga qo’l orqali miya signallarini kuzatuvchi bilaguzuk kiradi;
• Orion'da Apple Vision Pro'da bor barcha funksiyalar mavjud;
• Nutqni turli tillarga sinxron tarjima qila oladi;
• Neyron tarmoq ko‘z harakatlarini kuzatadi, ya’ni uni nazar orqali boshqarish mumkin;
• Og’irligi atigi 100 gramm, deyarli oddiy ko'zoynaklar bilan bir xil og’irlikda;
• Meta uni hozircha sotish niyati yo’q — qurilma shunchalik kuchliki, uni faqat kompaniya xodimlari sinashadi.

@jalolmurad - Yoshlar biz bilan!

Jalol Murad

26 Sep, 12:02


⚡️ Nihoyat Hamster Kombat sotuvda

HMSTR boʻyicha yordam: @RedGetPro

@RedGetTrade

Jalol Murad

24 Sep, 12:18


Telegram o‘zining foydalanish shartlari va maxfiylik siyosatini yangilab, ularni barcha hududlar uchun bir xil qilib qo‘ydi.

Durov platforma qoidalari buzilgan taqdirda, foydalanuvchilarning IP manzillari va telefon raqamlari so‘rovlar bo‘yicha vakolatli organlarga o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qilganini avvalroq yozgan edik.

Uning qayd etishicha, bu chora-tadbirlar qariyb milliard foydalanuvchini suiste’mol va noqonuniy harakatlardan himoya qilishga qaratilgan.

“Telegram” shuningdek, qidiruvdagi kontentni filtrlashni yaxshilaydi, bundan avval taqiqlangan narsalarni tarqatish uchun foydalanish osonroq bo'lgan.

Sun’iy intellektning integratsiyasi tufayli barcha aniqlangan noqonuniy kontent qidiruv natijalaridan olib tashlandi. Foydalanuvchilar qonunbuzarliklar haqida @SearchReport maxsus boti orqali xabar berishlari mumkin.i

O‘zbekistonda ushbu bot hozircha ishlamayapti.

@jalolmurad - Yoshlar biz bilan!

Jalol Murad

23 Sep, 19:22


⚡️Olimlar ma’lumotlarni saqlash uchun buzilmaydigan «5-D kristall»ni ishlab chiqishdi. Unda 360 TB ma’lumotni saqlash mumkin, uni yo’q qilish esa deyarli imkonsiz.

Tanga o’lchamidagi kristall +1000°C gacha bo’lgan haroratga, kosmik nurlanishga va kvadrat santimetr uchun 10 tonna bosimga bardosh bera oladi. Unga birinchi bo’lib inson genomi ma’lumotlari yuklandi.

@jalolmurad - Yoshlar biz bilan!

Jalol Murad

22 Sep, 18:34


⚡️Mening tahminimcha HMSTR narxi:

👉 0.01$dan 0.05$gacha boʻladi
👉 1.000 tasi 10$dan 50$gacha

@RedGetTrade