Ahli Iymon Bolajonlari

@iymonli_boia


بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمَنِ الرَّحِيم

Farzandingizga Allohni taniting

Абдуллоҳ ибн Исо раҳимаҳуллоҳ деди:
«Фарзандлари Қуръон ўрганар экан, ушбу уммат яхшиликда бардавом бўлади».
Ибн Аби Дунё «Ал-Иял» 309

Ahli Iymon Bolajonlari

22 Oct, 14:41


Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

Бир киши Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳузурларига келиб, «Эй Аллоҳнинг расули, менинг чиройли муомала қилишим учун инсонларнинг қайси бири ҳақлироқ?» деганида, у зот: «Онанг», дедилар. «Кейин ким?» деди. «Онанг», дедилар. «Кейин ким?» деди. «Онанг», дедилар. «Кейин ким?» деди. «Отанг», дедилар.
(Муттафақун алайҳ)

Набий саллаллоҳу алайҳи васалламнинг онани ҳаққини уч марта такрор айтишларига сабаб, она ҳомиладор бўлиши, туғиши ва эмизишини эътиборга олганлар.

"Шундай қилиб, Биз (Мусонинг онасининг) кўзлари шодланиши ва ғам чекмаслиги учун уни онасига қайтардик" (Қосос: 13).

Она учун фарзанди билан бирга ўтириши, у  билан суҳбат қуриш катта шодлик, олий саодатдир. Унинг ўрнини мол дунё ва қисқа зиёрат боса олмайди.

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

16 Oct, 15:25


OILA AʼZOLARI OLDIGA KIRGANDA SALOM BERIB KIRISH HAQIDA.

وَعَنْ أَنَسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ لِي رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ: «يَا بُنَّي، إِذَا دَخَلْتَ عَلَى أَهْلِكَ فَسَلِّمْ يَكُنْ بَرَكَةً عَلَيْكَ وَعَلَى أَهْلِ بَيْتِكَ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey oʻgʻilcham, qachon oila aʼzolaring huzurlariga kirsang, salom bergin. Ana shunda oʻzingga va oila aʼzolaringga baraka boʻladi», dedilar.

(Imom Termiziy rivoyati Hadisni hasan, sahih, dedilar).

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

13 Oct, 11:24


Tajvid

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

12 Oct, 11:30


Zikr
Bolajonlar uchun

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

12 Oct, 11:22


Olimlarning onalari farzandlariga qanday tarbiya berib, ulgʻaytirishgan?!

Muhammad Rotib Nabulsiy aytadilar:
Bir kuni yoshlik chogʻimda onam menga: "Halol soʻzini ikki labing ochiq holda ayta olasanmi?", dedi. Halol kalimasini aytishga harakat qilib, ikki labimni bir-biriga yopishtirmagan holda aytdim. Onam maʼqullab, meni oʻpib qoʻydi.

Soʻngra onam: "Harom soʻzini ham ikki labing ochiq holda ayta olasanmi?", dedi.

Aytishga bir necha marotaba harakat qildim, lekin ayta olmadim. Hafa boʻlgan holda onamga, "Onajon, harom soʻzini aytishga koʻp harakat qilishimga qaramay, oxirida ikki labim bir-biriga tegib, yopilib qolyapti", dedim.

Onam kulib, "Oʻgʻlim, bu halol bilan harom orasidagi farqdir. Harom (hayot yoʻllari) yopiq va baxtsizlik, halol (hayot yoʻllari) ochiq va baxt-saodatdir, xohlaganingni ixtiyor qil, dunyo va oxirat eshiklari sen uchun ochilishini yoki yopilishini. Agar xato (gunoh) qilsang, onangni lablari yopilib, yuzida mahzunlik boʻladi. Agar yaxshi amal qilsang, onangni lablari tabassum ila ochilib, xursand boʻladi. Agar onangni doim tabassum holida koʻrishni xohlasang, halol va yaxshi (amallarni) lozim tut!", dedi.

Katta boʻldim va onamning ajoyib tabassumini yoʻqotmaslikka harakat qildim. Onam vafot etgan vaqtda, vidolashish uchun oldiga kirib, oxirgi marta peshonasidan oʻpdim, onamni ikki labi ochiq, tabassum holida koʻrib, oʻzimga-oʻzim "Ey Onajon, to sizga yoʻliqqunimcha halolda boʻlishligimga qilgan vaʼdam, vaʼda", deb aytdim.

Bolalaringizga bu "ayb", debla emas, balki, "bu halol"  Alloh bundan rozi boʻladi, "bu harom" Alloh bundan gʻazab qiladi, deb taʼlim beringlar! Toki odamlardan qoʻrqadigan avlod boʻlib emas, Alloh kuzatib turadi deb, maxfiyda ham, oshkorada ham Allohdan qoʻrqadigan avlod boʻlib ulgʻaysin.

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

11 Oct, 11:20


YOSh BOLA YOLGʻON GAPIRMAYDIMI?!

Bu ham xilofli masala :

Kimdir: “Yosh bola yolgʻon gapirmaydi, goʻdaklar qalbi pok, begʻubor boʻladi”, deb qandaydir dalillar keltiradi.

Kimdir: “Avvalgi yosh«YoSh BOLA YOLGʻON GAPIRMAYDI” MI?!

bolalarni bilmadimu, lekin zamonamiz bolalari Aldarkoʻsani ham aldaydi», deydi.

Menimcha, hamma bolalarga bir xil baho berish durust emas. Yaxshi bolalar ham bor, yomon bolalar ham bor. Toʻgʻri soʻz bolalar boʻlganidek, kazzob, yolgʻonchi va hatto mugʻombir bolalar ham bor.

Bu — uy va maktabdagi tarbiyaga bogʻliq. Bolaning solih boʻlib yetilishida yoki buzilib ketishida OTA-ONA va MUALLIMlarning oʻrni katta.

Kecha juma oqshomi namozga azon aytildi. Namozga ketayotsam, masjidimiz yonidagi katta maydonda bolachalar futbol oʻynayapti.
(“Arabistonda ayrim bolalar tugʻuruqxonadan toʻgʻri stadionga boradi”, deydi ayrimlar mubolagʻa qilib).
Namozga endi azon aytilgan boʻlsa, ular qachon, qayerda oʻqib olgan boʻlishi mumkin?!


Haqiqatda ona oʻz bolasiga ming marta aytganmikan?!

عن عبد الله بن عامر رضي الله عنه أنه قال: دعتني أمي يوما ورسول الله صلى الله عليه وسلم قاعدٌ فى بيتنا، فقالت: ها تعال أعطيك، فقال لها رسول الله -صلى الله عليه وسلم: وما أردت أن تعطيه؟

Bir kuni onam meni chaqirdi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam biznikida oʻtirgan edilar.

— Bolajonim, kela qol, kelsang, bir narsa beraman, — dedi onam.

— Oʻgʻlingga nima bermoqchisan? — dedilar Rosululloh sollallohu alayhi va sallam.

— Xurmo bermoqchiman, — dedi onam.

— Agar sen bolaga biron nima bermaganingda, senga (Nomai aʼmolingga) bitta yolgʻon yozilar edi, — dedilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam.

Qarang! Eʼtibor bering!

Bashariyat muallimi Muhammad sollallohu alayhi va sallam hatto bolaga ham yolgʻon gapirmaslik kerakligini uqtirmoqdalar.
Tarbiya oʻchogʻi boʻlmish uy va oilaga katta eʼtibor qaratyaptilar.  

Jalol Ibrohim.

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

07 Oct, 10:02


‼️ Болани телефонга қарамликдан халос қилишнинг ягона йўли - аввало ўзингиз болалар олдида телефондан фойдаланишни тўхтатишингиздир.

Янги тадқиқотларга кўра, экранга қарам бўлган ота-оналарнинг телефонга кўп вақт сарфлашлари фарзандларининг тил кўникмаларини йўқотишига сабаб бўлмоқда.

Кичкинтойлар одатда ота-онасининг қилган ҳар бир ишига тақлид қилишади, онаси ва отаси экранга қанча вақт сарфласа, болалар ҳам экранга шунчалик кўп одатланиб қолишади. Электрон китобларни ўқиш ва баъзи фойдали ўйинларни ўйнаш тил ўрганиш имкониятларини очиши мумкин бўлса-да, экрандан келадига зарарлар болага жиддий таъсир қилади.
📌 Энг яхшиси, ота-она ва бола ўртасидаги мулоқот. Фарзандларингиз билан кўпроқ гаплашинг, уларга кўпроқ меҳр беринг!

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

07 Oct, 01:14


Imom Ibnul Qoyyim rohimahulloh aytadilar:

«Chaqaloqning qulog‘iga azon aytishning ma’nosi shundan iboratki, chaqaloq eshitadigan ilk so‘zlari Allohni ulug‘lovchi va Uning yagona parvardigor ekaniga guvohlik beruvchi so‘zlar bo‘lishidir. Yana ma’lumki, azon lafzi shaytonni daf qiladi. Yana bu amalda boshqa ma’no bor, bu ham bo‘lsa chaqaloqni tug‘ulishidanoq Allohga, Uning dini Islomga va yakka O‘ziga ibodat qilishga da’vat qilishdir».

«Tuhfatul Mavdud» 25.

@Iymonli_boIa✿

Ahli Iymon Bolajonlari

05 Oct, 04:06


BOLALARNI YETTI YОSHGA KIRGANDA, NAMOZGA BUYURISH, VA YOTOQDA ORALARINI AJRATIB QO‘YISH HAQIDA.

وَعَنْ عَمْرِو بْنِ شُعْيبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ: مُرُوا أَوْلاَدَكُمْ بِالصَّلاَةِ وَهُمْ أَبْنَاءُ سَبْعِ سِنِينَ، وَاضْرِبُوهُمْ عَلَيْهَا وَهُمْ أَبْنَاءُ عَشْرٍ، وَفَرِّقُوا بَيْنَهُمْ فِي المَضَاجعِ. حَدِيثٌ حَسَنٌ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ بإِسْنَادٍ حَسَنٍ.
 
Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari bobolaridan qilgan rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Bolalaringiz yetti yoshga kirganda namozga buyuringlar, o‘n yoshga kirib ham (namoz o‘qishmasa), ularni uringlar. Va yotoqda oralarini ajratib, alohida qilib qo‘yinglar», dedilar.

(Imom Abu Dovud rivoyati).

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

04 Oct, 05:48


Har kuni bolalaringiz bilan shugʻullanib ilm berishni unutmang ey ahli onalar🌻

Ahli Iymon Bolajonlari

04 Oct, 05:24


Musulmon bolaning kitobchasi (7-dars)

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

04 Oct, 05:23


Shayx Muqbil al-Vadiy rohimahulloh aytadi:
 
Allohdan qoʻrqinglar va oilalaringizga taʼlim bering, oʻgʻillaringiz va qizlaringizni tarbiyalanglar. Sunnatga ergashadigan uy naqadar goʻzal!
 
(Al-Hasʼala Talabul hadis, kitobidan).

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

04 Oct, 05:08


Musulmon bolaning kitobchasi (6-dars)

@Iymonli_boIa