© gulomov design

@gulomovdesignblog


Jahongir G'ulomov
LOOOK asosiy dizayner

Asosiy xizmatlar:
→ Logotip & brend dizayn
→ Dizayn tizimlar tayyorlash

Bog'lanish uchun: @jakhongirgulomov

© gulomov design

19 Oct, 10:32


Grafik dizaynerlarning mingdan oshiq vakillari bir e'longa xat yuborishgan.

Bir eski tanishim o'zining dizayn studiosiga dizayner izlab e'lon yozgan. To'rt yuzdan oshiq kandidat chiqqan. Shundan atigi 5 kishini loyiqroq deb tanlashibdi va shunda ham 3 tasi ochiq suhbatdan o'tisholmabdi. 2 tasi esa bir oyga ham bormadi, ishdan bo'shatdik, dedi tanishim.

Sababi: ular qo'ygan o'rtacha standartlarga darajalari ko'tara olishmaganligi ekan.

Ularning talablari: rus tilini bilishi, brend yarata olish, eng kamida dizayn asoslari qoidalarini ular allaqachon bilib, amaliyotda qo'llay olishlari.

Ishga xat yozadiganlarning aksariyat muammolari quyidagicha bo'ladi:
- ish beruvchining talablariga mos keladimi yo'qmi, bu haqida o'z kuchini tahlil ham qilmaslik;
- ish beruvchining biznesini, kompaniyasini o'rganib chiqmaslik;
- o'z kasbini umuman rivojlantirmaslik, vaqtini bekor o'tkazib, kasbida to'xtab qolishlik;
- grafik dizaynda faqatgina SMM dizayn bilangina o'ralashib qolib, juda tor doiradagina ishlash.

© gulomov design

15 Oct, 07:55


Iloji boricha telegramdagi chatlarni 2 tarafdan o'chirib yubormang.

Barchaga xayrli kun! Dizayner hamkasblar uchun bir aytilishi kerak bo'lgan tavsiya bilan bo'lishib o'taman.

Yaqinda shu kabi holat yana takrorlanmoqda. Mijoz avvalgi ishlarni sizga ko'rsata olmayman, sababi 2 dizaynerlar ham chatlarni mendan ham o'chirib yuboribdilar demoqdalar.

Qisqa tavsiya. Kerak emas bunday qilish. Ushbu odat dizaynerni - dizayner emas, kaprizniy bolakay qilib ko'rsatib qo'yadi. Reputatsiyaga zarar keltirmang.

@gulomovdesignblog

© gulomov design

12 Oct, 22:08


LOOOK dan tez orada brend xarakteriga mos bo'lgan videolar taqdim qilina boshlaydi

Brend ko'p vaqt davomida asosan mahsulot sifati va servisi haqida qayg'urgan. Shu sababli ham mahalliy fast-food brendlari ichida auditoriya simpatiyasi yuqori. Endilikda media va marketingga e'tibor berish leveliga yetib kelinmoqda. Ichkarida nafaqat dizayn, boshqa ancha ishlarni amalga oshirmoqdamiz.

Umumiy nazar solinganda jarayonlar qiziqarli. Brendga turli yo'nalishlar orqali ijobiy ta'sir ko'rsatish insonni o'ziga ham baxtliylik kayfiyatini berib turadi.
@gulomovdesignblog

© gulomov design

12 Oct, 17:24


605 agency 2024-yilning eng yaxshi reklama agentligi.
TAF!24

Tabriklaymiz! @gulomovdesignblog

© gulomov design

11 Oct, 06:20


Did bilan yondashilgan reklama mahsulotlar - shaharga o'zgacha chiroy va aynan yetishmayotgan vizual element sifatida to'ldirib turuvchi manba bo'lib xizmat qiladi.

Lekin ko'p holatda brendlar "shaharning qayeri bo'sh bo'lsa, o'sha joyga reklama joylashtirish kerak" degan qarashlari juda kuchli shakllangan. Bu esa shaharni vizual taraflama asil ko'rinishini berkitib, yashirib tashlashga olib keladi.

Misol uchun biror brend - biror yangi teritoriyaga kirib keldi. Oflayn reklama tarafdan birinchi navbatda o'z atrofini tahlil qiladi.
1. Ushbu atrofda nechta tijoriy reklama ildirish/joylashtirish obyektlari bor?

2. Ushbu atrofda nechta o'zimiz alohida ruxsat olgan holda reklamalar joylashtirishimiz mumkin bo'lgan, hali boshqalar yetib kelmagan joylar bor?


2-savol shahar chiroyi uchun xavfliroq bo'lgan bosqich hisoblanadi. Misol uchun metroga tushing. U yerda foydalanilmaydigan joylarni o'zi qolmagan. Tez orada patalog va yerga ham reklamalar joylashtirishni boshlashsa hayron qolmayman (yuqori ehtimol bilan yerga reklama joylash boshlanib bo'lgan)

@gulomovdesignblog

© gulomov design

10 Oct, 19:12


Bugun hamkasblar bilan qiziq mavzuni suhbatlashib qoldik. Iphone haqida.

Iphone sotib olish - didli yoki estetik inson degan xulosa emas. O'sha sotib olingan iphonega tanlangan g'ilof (chexol) va interface theme - foydalanuvchini haqiqiy didini ko'rsatib beradi.
@gulomovdesignblog

© gulomov design

02 Oct, 05:58


GO stilizatsiyasi 🔥

© gulomov design

16 Sep, 07:07


Ustoz AI

Mavjud belgi vizual uslubi yumshoqdan - qattiq uslubga moslashtirildi.

Hozirgi belgi ham juda chiroyli va xech qanday e’tiroz yo’q. Faqatgina mavjud noziklik sababli vizual assosatsiyalar tarafdan ko’proq milliylik, mumtozliylik va adabiyot yo’nalishlariga ko’proq tortib ketadi.

@gulomovdesignblog

© gulomov design

15 Sep, 20:12


Dizayn agentliklarni - aynan dizaynerlar asos solishlari manashu missiyani bajarilishiga hissa qo'shadi.
@gulomovdesignblog

© gulomov design

15 Sep, 20:03


Dizayn qanday potensialga ega instrument ekanligini ko'pchilik tushunmaydi. Lekin aynan biz sohaviy missiya tarafdan o'ylab qarasak - vizual estetikani rivojlantirish vazifasini ijro etuvchi jamiyat hisoblanamiz.

Inson tabiati - tartib va chiroyga tabiiy intiluvchandir. Biz esa ushbu maqsadda unga ko'maklashishimiz kerak.

Dizayn agentliklar tub mohiyatda qaraladigan bo'lsa - ular jamiyatni vizual estetik darajasini oshirish instituti bo'lishi kerak edi.

Videoni to'liq versiyasi:
https://www.youtube.com/watch?v=8suzl6V4VFc&t=1475s

@gulomovdesignblog

© gulomov design

14 Sep, 19:45


Oramizda dizayn bloglar va blog obunachilari ko'payib borishi ham yuqoridagi muammoga yechim bo'lib borishi mumkin.

Dizaynerlar bir-birlari bilan muloqot qilishni boshlasalar, yaxshi bo'lmagan ishxonalar o'zlariga dizayner izlashda yaxshigina muammoga duch keladilar. O'zi ko'pchilik bu signalni his qilayotgan bo'lishlari kerak. Nega marketologlarni ko'pi mustaqil faoliyatga chiqib ketmoqda. Men mustaqil dasturchilarni ham ko'rdim va boshqa tanishlardan ham eshitdim. Zoomer avlod ishda ishlashlarni qopol qilib aytganda poslat qilib yuborishmoqda. Millenial avloddan ustunliklari ham shunda. Hali Alfani qanday karomati bo'ladi, bu ham qiziq.

@gulomovdesignblog

© gulomov design

14 Sep, 19:20


Bir zo'r, yosh istedodli dizaynerni bloglaridagi oxirgi postlarini o'qib qoldim.

Umumiy oxirgi vaqt bir necha agentliklari bilan fail natijalar bo'lgan ekanligini, ichlaridagi olov o'chib qolganini yozib o'tganlar.
Men u postni o'qib sohamizga qiziqishi yuqori bo'lgan, entuziast bolani moralno o'chirib qo'yishganini tushundim. Achinarli holat. Jaxlim chiqdi.

Ular bilan suhbatlashib ham oldik. Oramizda shu kabi holatlarni boshidan o'tqazmoqda bo'lgan boshqa dizaynerlar bo'lsa sizlarga samimiy tavsiyam.

Yaxshi agentlikda ishlayotgan bo'lsangiz, dam olishga, energiya to'plashlarga vaqtlaringiz yetayotgan bo'lsa unda zo'r. Davomli ishlayvering.
Lekin bunday bo'lmasa - unda tinchgina kompaniyalarga ishga kirishga harakat qilavering. O'zingizni self-study qilishga ham vaqtingiz bo'ladi. Ish sifatingiz ham zarar ko'rmaydi.

Kompaniyada rutina. Bir xil ish bo'lib qotib qo'linadi deyuvchilar - kompaniyaga turli takliflar bilan chiqib, ish turlaringizni boyitib borishingiz mumkin. Agarda kompaniya takliflaringizni qabul qila olmasa ham, xech qisi yo'q. Ishdan keyingi vaqtlaringizni o'zingizni self-study qiling. Personal branding uchun ishlashni harakatini boshlang. Outsource ishlarga ko'proq urg'u bering. Shuncha imkoniyatlar bor.

Afsuski ko'p agentliklarimizda win/lose rejim. Dizayner lose - power, time, life, money va personal branding.
Kerakli tajribangizni olishga harakat qilavering. So'ng keyingi bosqichga o'tib keting.

@gulomovdesignblog

© gulomov design

26 Aug, 06:35


27 yillik tajribalarni bir guruhga to'pladik

Bir nechta kattaroq tajribali dizayner hamkasblarning sohaviy bloglarini bir guruh holatida jamladik.
Blogimizda yangi obunachilar ushbu ko'rsatilgan bloglarga ham qo'shilib olsangiz bo'ladi. Barchalarida ko'p foydali fikr va tajribalar mavjud.

https://t.me/addlist/e0kYwfXFOzZmM2Vi

© gulomov design

24 Aug, 18:41


Live stream finished (2 hours)