SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

@fuqarolik_sud


Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal.

Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi.

Savollar va yuridik xizmatlar uchun:
@Nishonov_Sardorbek_TDYU

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:25


❗️2025 yil 1 yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.

Bu haqida Prezidentning O‘zbek tili bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ta’kidlab o‘tildi

Kanalga ulanish 👇
https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:25


SHAXSNING RASMINI UNING RUXSATISIZ TARQATGANLAR QANDAY JAZOLANADI?

Bironta shaxsning rasmini o'zidan so'ramay internet tarmog'iga joylashtirish va unga asossiz tuxmat  qilib voqeani boshqacha izohlab tarqatib yuborish qonun bo'yicha qanday jazolanadi.


Shaxsning rasmini yoki videosini uning roziligisiz tarqatib yuborish mumkin emas. Chunki bu uning shaxsga doir ma’lumoti sanaladi.

Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasiga ko‘ra shaxsga doir ma’lumot deganda muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikasiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot tushuniladi. Bu ma’lumotlar qatoriga shaxsiy ism-sharifi, yashash yoki ish joyi, uning tasviri, shuningdek u sir saqlanishidan manfaatdor bo‘lgan ma’lumotlar kiradi.

❗️Bunday ma’lumotlarni tarqatgan har qanday shaxs esa javobgarlikka tortiladi.

E’tibor bering! Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 46-2-moddasida shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish,
▪️ fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha;
▪️mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Agar ushbu harakatlar ma’muriy javobgarlik qo‘llanilgandan so‘ng 1 yil ichida takrorlansa, unda jinoiy javobgarlik chorasi qo‘llaniladi (Jinoyat kodeksi 141-2-moddasi)

Shuning uchun bu vaziyatda siz tuman IIBga murojaat qilishingiz lozim.


https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:24


Ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili qanday xodimlarga beriladi.

Mehnat kodeksining 220-moddasida Xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo‘lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi deb yozilgan ya’ni bu yerda aynan xodim uzliksiz bitta tashkilotda yoki tashkilotning tarmoqlarida ishlasin degan qoida mavjud emas. Masalan, xodim 10 yil bir tashkilotda ishlab nojoya xatti xarakati sababli ishdan bo‘shadi, biroq 2 yildan so‘ng yana shu ishxonaga yoki ishxonaning biron tarmog‘iga ishga kirdi va bu xodimga ham bemalol MKning 220-moddasini qo‘llagan holada 4 kunlik sataj uchun uzaytirilgan ta’til berilishi to‘g‘ri.

Mehnat kodeksining 226-moddasiga asosan Har yilgi mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarish tartibi belgilangan. Unga ko‘ra, Har yilgi asosiy mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish staji jumlasiga quyidagilar kiritilmaydi:
👉 xodim uzrli sabablarsiz ishda bo‘lmagan vaqt;
👉 xodim ishdan chetlashtirilgan davrlar, bundan ushbu modda birinchi qismining to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
👉 ushbu Kodeks 405-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar vaqti.
👉 Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi, shuningdek noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tillarini olish huquqini beradigan ish stajiga faqat mazkur sharoitlarda haqiqatda ishlab berilgan vaqt kiritiladi.

Masalan, Xodim tashkilotda 3 yil ishladi va 2 yil bola parvarishlash ta’tilida bo‘ldi. Bu xodimga qo‘shimcha 2 kunlik ta’til berib bo‘lmaydi chunki, MKning 226-moddasida bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar vaqti mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish staji jumlasiga kiritilmagan.


Kanalga ulanish 👇
https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:24


⚡️6 oylik kurslarga qabul boshlandi

❗️Bevosita (offlayn) ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi. 

🎓Kurslarda o‘qish uchun barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin. 
 
Hujjatlarni qabul qilish 2024-yilning 2-oktabridan 31-oktabr kuniga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali faqat elektron ravishda amalga oshiriladi. 
 
📩Talabgorlardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi: 

📌fuqarolik pasporti; 
📌oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi; 
📌3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli fotosurat.
 
 
♻️Qabul kvotasi 100 nafarni (o'zbek tilida), to‘lov-kontrakt miqdori esa 15 700 000 so‘mni tashkil etadi. 
 
❗️Eslatib o‘tamiz, bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom berilib, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmatida yurist va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega boladi.


Kanalga ulanish 👇
https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:23


❗️Endilikda kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

📄 Prezidentning 23.09.2024 yil kungi PQ-330-son Qaroriga asosan,

  2025 yil 1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

2025/2026 o‘quv yilidan, kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;

2025 yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.


Kanalga ulanish 👇
https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:22


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi.

Muqaddima

📝BIRINCHI BO'LIM .ASOSIY PRINSIPLAR .
📌1-bob. Davlat suvereniteti (1-6-moddalar)
📌2-bob. XaIq hokimiyatchiligi (7-14-moddalar)
📌3-bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi (15-16-moddalar).
📌4-bob. Tashqi siyosat (17-18-moddalar)


📝IKKINCHI BO'LIM . INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI.
📌5-bob. Umumiy qoidalar (19-21-moddalar).
📌6-bob. Fuqarolik (22-24-moddalar)
📌7-bob Shaxsiy huquq va erkinliklar (25-35-moddalar).
📌8-bob. Siyosiy huquqlar (36-40-moddalar)
📌9-bob. Iqtisodiy , ijtimoiy , madaniy va ekologik huquqlar (41-53-moddalar).
📌10-bob. Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari (54-58-moddalar).
📌11-bob. Fuqarolarning burchlari (59-64-moddalar).


📝UCHINCHI BO'LIM. JAMIYAT VA SHAXS
📌12-bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari (65-68-moddalar).
📌13-bob. Fuqarolik jamiyati institutlari (69-75-moddalar)
📌14-bob. Oila, bolalar va yoshlar (76-80-moddalar).
📌15-bob. Ommaviy axborot vositalari (81-82-moddalar)



📝TO'RTINCHI BO'LIM. MA'MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI
📌16-bob. O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi (83-84-moddalar).
📌17-bob. Qoragalpog'iston Respublikasi (85-90-moddalar)


📝BESHINCHI BO'LIM . DAVLAT HOKIMYATINING TASHKIL ETILISHI .
📌18-bob. O'zbekiston Respublikasi Olly Majlisi (91-104-moddalar).
📌19-bob. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (105-113-moddalar).
📌20-bob. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (114-119-moddalar)
📌21-bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari (120-127-moddalar).
📌22-bob. Saylov tizimi (128-129-moddalar).
📌23-bob. Sud hokimyati (130-140-moddalar).
📌24-bob. Advokatura (141-142-moddalar).
📌25-bob. Prokuratura (143-146-moddalar).
📌26-bob. Moliya, pul va bank tizimi (147-151-moddalar)
📌27-bob. Mudofaa va xavfsizlik (152-153-moddalar)

 
📝OLTINCHI BO'LIM . KONSTITUTSIYANI O'ZGARTIRISH TARTIBI (154-155-moddalar).


Kanalga ulanish 👇
https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:21


⚡️YANGI QONUN

Endi hokimlar halq deputatlari kengashlariga boshchilik qilolmaydi

📄 17.10.2024 yil kungi O‘RQ-976-son Qonun Prezident tomonidan imzolandi va mazkur Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Qonun bilan qonunchilikka hokimlarning hamda xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

✔️ Jumladan, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunidan viloyat, tuman, shahar hokimi bir vaqtning o‘zida tegishli hududdagi vakillik hokimiyatiga boshchilik qilishi haqidagi norma chiqarib tashlanmoqda.

Hokimlarga tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyasiga masalalar kiritish, zarurat bo‘lganda Kengash sessiyasi chaqirilishini talab qilish va tegishli xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid bo‘lgan qarorlarini bekor qilish uchun Senatga yoki sudga murojaat qilish kabi qator yangi vakolatlar berilmoqda.

✔️ Shuningdek, xalq deputatlari Kengashlariga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, u o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshirishi belgilanmoqda, uni vakolatlari muddati tugaguniga qadar lavozimidan ozod qilish tartibi xam nazarda tutilmoqda.


Kanalga ulanish 👇
https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:20


Advokat advokatlik faoliyatidan tashqari tashkilotlarda yurist bo‘lib ishlashi mumkinmi?

Ko‘p advokatlarimiz hamda yurist sifatida advokatni ishga olmoqchi bo‘lgan ish beruvchilar uchun qiziq savol bu.

Amaldagi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasida advokat advokatlik faoliyatidan tashqari shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan.

Ushbu normada ikkita chalg‘itishi mumkin bo‘lgan holat mavjud.

1. Birinchidan, barchaga “davlat organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari” tushunchalari tushunarli bo‘lsada, “xo‘jalik boshqaruvi organlari” jumlalari uncha ko‘p ishlatilmaydigan termin bo‘lib, ko‘pchilikda bu qanday organlar ekan, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tushunchasiga yaqin tushunchami, xususiy sektordagi tashkilotlarmi degan asosli savollar paydo bo‘ladi.

Javobi esa Prezidentning 22.12.2003 yildagi “Xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida turibdi. Unga ko‘ra xo‘jalik boshqaruvi organlari bu:

a) tarkibiga kiruvchi korxonalarning xo‘jalik birlashmasiga tegishli bo‘lgan aksiya paketlari orqali ana shu korxonalarning xo‘jalik boshqaruvini amalga oshiruvchi aksiyadorlik kompaniyalari, shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari;

b) muassis-korxonalar tomonidan ular faoliyatiga ko‘maklashish uchun muassis-korxonalarning aksiyalari paketlarini boshqarish huquqisiz ayrim umumiy vazifalarni ularga topshirish yo‘li bilan ixtiyoriylik asosida tashkil qilinadigan uyushmalardir.

Bundan xo‘jalik boshqaruvi organlariga “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Dori darmon” aksionerlik kompaniyasi, "O‘zqishloqxo‘jalikkimyo" uyushmasi va boshqalarni kiritish mumkin. Xullas, ushbu organlar ham davlat birlashmalari bo‘lib chiqmoqda.

2. Ikkinchi chalg‘ituvchi holat bu “shartnomaviy-huquqiy asosda” terminidir. Ko‘pchilik ushbu terminni “fuqarolik-huquqiy shartnoma” bilan adashtirishi mumkin. Lekin, bunday emas, bunda yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan. Bu yerda aynan “xodimi” jumlasiga e’tibor bering, demak, “shartnomaviy-huquqiy asos” deganda ikkilanmasdan xodim bilan tuziladigan yakka tartibdagi mehnat shartnomasini tushunish mumkin.

Endi, shundan kelib chiqib, asosli savol tug‘iladi. Nima uchun advokat davlat tashkilotlarida mehnat shartnomasi asosida yuridik xizmat xodimi bo‘lib haq evaziga ishlashi mumkinu, xususiy sektordagi korxonalarda mumkin emas?!

Menimcha, qonunchilikka tegishli o‘zgartirish kiritib, advokatlarni mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilotlarning yuridik xizmati xodimi sifatida haq evaziga faoliyat yuritishiga ruxsat berilishi lozim bo‘lgan vaqt keldi.

Sababi, har qanday yuridik shaxs malakali yuridik xizmat xodimidan mehnat shartnomasi asosida foydalanishga haqli.


https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:20


2025 yil 1 martdan boshlab yoshga doir pensiyalar fuqarolarning murojaatisiz (avtomatik) tayinlanadi

🔄Pensiya ta’minoti tizimiga axborot texnologiyalarini faol joriy qilish orqali fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bosqichma-bosqich interaktiv va proaktiv shaklga o‘tkazilmoqda.

Xususan:

2024 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar joriy etildi:

🌐 fuqarolar pensiya tayinlashni so‘rab qo‘shimcha ravishda Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali onlayn murojaat qilish huquqi berildi.

Shuningdek, 2025 yil 1 martdan boshlab:

- pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiyalar “avtomatik” tarzda, ya’ni hech qanday hujjat talab etmagan holda va fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi;

- fuqaroning shaxsiga oid barcha ma’lumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi.

Ushbu qulayliklarning yo‘lga qo‘yilishi natijasida:

Birinchidan, fuqarolardan pensiya tayinlash uchun qo‘shimcha hujjatlar yig‘ish uchun Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmasiga murojaat qilish talab etilmaydi.

Ikkinchidan, pensiya yoshiga yetgan fuqaroga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida pensiya tayinlash haqida qaror qabul qilinganida uning telefon raqamiga “pensiya tayinlanganligi va uning miqdori” to‘g‘risida ma’lumot yuboriladi.

Shuningdek, pensiyaga chiqmasdan ish faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan yoki pensiya miqdoridan norozi bo‘lgan fuqarolarga “avtomatik” tayinlangan pensiyani rad etish huquqi berilmoqda.

Fuqaro pensiya tayinlanganidan, pensiya miqdoridan yoki pensiya tayinlanishi rad etilganidan norozi bo‘lgan taqdirda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga tegishli tartibda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.


Kanalga ulanish 👇
https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:19


#savol

⁉️ O‘rindoshlar bilan qancha muddatga shartnoma tuziladi?

‼️ O‘rindoshlar bilan mehnat shartnomasi tuzishda amaldagi qonunchilik qat’iy cheklov o‘rnatmagan. Lekin o‘rindoshlik asosidagi mehnat faoliyatining mazmunidan bunday mehnat shartnomalari muayyan muddatga tuzilishi kerakligi kelib chiqadi.

💁‍♂ Avvalo, aytish kerakki, Mehnat kodeksining 432-moddasiga muvofiq shaxsning asosiy ish joyida ish vaqtidan bo‘sh bo‘lgan holatda boshqa joyda ishlashi o‘rindoshlik hisoblanadi.

Bunda xodim asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtidagina o‘rindoshlikda ishlashingiz mumkin.

Qachon shaxs o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilinadi?
Birinchidan, uning asosiy joyi mavjud bo‘lganda;
Ikkinchidan, uni o‘rindoshlikda ishga qabul qilayotgan korxonada vaqtinchalik vakant (bo‘sh) ish o‘rni mavjud bo‘lsa.

Bunda Mehnat kodeksining 111 – 113-moddalariga amal qilgan holda o‘rindoshlar bilan aniq vaqtni belgilagan holda yohud muayyan hodisa sodir bo‘lguncha muddatli mehnat shartnomasi tuziladi.

💁‍♂ Misol uchun, o‘rindoshlikdagi xodim ishga qabul qilingan lavozimga yangi asosiy xodim ishga qabul qilinguncha bo‘lgan muddatga yohud homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga ketgan xodim ishga qaytish muddatiga (masalan 2024 yil 10 dekabriga qadar) aniq muddatni ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.


Kanalga ulanish 👇
https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:19


Bola parvarishlash ta’tilida boshqa joyda ishlasa bo‘ladimi?

Bizning bir xodim bola parvarishlash ta’tiliga chiqib boshqa tashkilotda o‘rindosh bo‘lib ishlamoqchi bu mumkinmi? Bizdan ma’lumotnoma so‘ramoqda asosiy ish joyidan.

Javob: Bu bo‘yicha alohida cheklov mavjud emas, biroq ba’zi qoidalarga rioya qilish kerak. Mehnat kodeksining 432-moddasiga asosan o‘rindoshlik asosida ishlash xodimning o‘zining asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishidir.

Mazkur kodeksning 437-moddasiga asosan o‘rindoshlik asosida ishlash chog‘ida o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Ya’ni xodim 0.5 stavkadan ortiq ishlashi mumkin emas.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, bola parvarishlash ta’tilidagi ayolning boshqa tashkilotda o‘rindoshlik asosida ishlashi uchun hech qanday qonunchilikda cheklov mavjud emas bemalol ishlashi mumkin.


Kanalga ulanish 👇
https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:17


⚡️ Pensiya va nafaqaning bir-biridan qanday farqi bor ?!

📊 Juda ko‘pchilik pensiya va nafaqa tushunchalarini sinonim deb hisoblaydi ya’ni pensiya nafaqa so‘zining ruschasi deb xato o‘ylashadi (aslida, nafaqa rus tiliga “пособие” deb tarjima qilinadi).

💻 Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda ham foydalanuvchilar pensioner va nafaqaxo‘r tushunchalarini sinonim sifatida noo‘rin ishlatishadi.

◾️Xo‘sh, bu ikki tushunchaning farqi nimada ?!

📑 O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, yetarlicha ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar va ularning oilalari pensiya olish huquqiga ega. Ushbu Qonun bilan davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi:

1. yoshga doir pensiya.
2. nogironlik pensiyasi.
3. boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.

📁 Qonunning 7-moddasiga ko’ra, yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.

📑 “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan shartlar va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar nafaqa olish huquqiga egalar.

📬 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qaroriga 1-ilova “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash, ularning turini o‘zgartirish va to‘lash tartiblarini belgilaydi.

Ushbu Nizom bo‘yicha quyidagi nafaqalar tayinlanadi:

a) nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
b) parvarishlash nafaqasi;
v) nogironlik nafaqasi;
g) boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
d) yoshga doir nafaqa.

💼 Nizomning 19-bandiga ko’ra, yoshga doir nafaqa ayollarga — 60 yosh (bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga esa 55 yoshdan)
va erkaklarga — 65 yoshga yetganda tayinlanadi.


Kanalga ulanish 👇
https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:16


#savol

⁉️ 7 oylik homilador xodimni majburiy dekret ta’tiliga chiqarib yuborish mumkinmi?

Assalomu alaykum men maktabga oʻqituvchi vazifasiga ishlayman 7 oylik xomilador xodimni majboʻriy dekret taʼtiliga chiqarib yuborish mumkinmi? Agarda xodim ishlashga layoqatli boʻlsa 8 oylikgacha ihshlab oylik olsa uning dekret tatilidan kamaytirib berishi va dekret pulini toʻliq toʻlab bermasligi mumkinmi?
‼️ Mehnat kodeksining 404-moddasiga binoan ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

Endi qarang! Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2667, 17.04.2015-y.) 27-bandiga ko‘ra homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan boshlab hududiy ambulator-poliklinikalarning, akusher-ginekolog (umumiy amaliyot shifokori) tomonidan bosh shifokor o‘rinbosari bilan birgalikda bir yo‘la bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.

Aynan shu qoidaga ko‘ra siz ham homiladorlikning 30 haftasidan keyin homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqishingiz lozim.

❗️Shunday ekan rahbariyatning talabi huquqiy asosga ega.


Kanalga ulanish 👇
https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:16


❗️BYUDJET TASHKILOTLARIDA ISHLAMAYDIGANLARGA XAM HOMILADORLIK NAFAQASI TO‘LAB BERILADI

📃 Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomga ko‘ra,

byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda va yakka tartibdagi tadbirkorlarda mehnat shartnomasi bo‘yicha 6 oy uzluksiz ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash tartibi belgilangan.

Nafaqa Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan farzand tug‘ilgunigacha minimal iste’mol xarajatlari (hozirgi kunda 648 000 so‘m)ning 4 baravari (2 592 000 so‘m) miqdorda beriladi.

Yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning nafaqa to‘lash bo‘yicha majburiyatlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘langan nafaqa miqdorida kamaytiriladi.

🟢 Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va to‘lash uchun asos bo‘ladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida undagi ma’lumotlar hududiy ambulator-poliklinikaning yoki tug‘ruqxona muassasasining mas’ul xodimi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining «Tibbiyot» axborot tizimiga kiritiladi.

❗️ Tegishli tartibda xujjatlar rasmiylashtirilganidan keyin nafaqa oyning 10-sanasigacha nafaqa oluvchining plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. Plastik karta bo‘lmaganida esa oyning 27-sanasigacha naqd ko‘rinishda beriladi.


Kanalga ulanish 👇
https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:14


❗️NIKOH TUZISHGA YO‘L QO‘YILMAYDIGAN HOLATLAR

📄 Oila kodeksining 16-moddasiga ko‘ra,

quyidagi hollarda nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi:

👉 nikohlanuvchilardan bittasi boshqa nikohda turgan bo‘lsa; (Ya’ni boshqasi bilan qonuniy nikohi uzilmagan bo‘lsa)

👉 nikohlanuvchilar nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar bo‘lsa, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida nikoh tuzilayotgan bo‘lsa shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzilayotgan bo‘lsa;

👉 nikohlanuvchilardan biri ruhiy kasallik  sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa.


Kanalga ulanish 👇
https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:14


Magistratura va doktoranturaga kirishda kimlardan xorijiy til sertifikati talab etilmaydi?

🛡 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2022-yildagi PQ-407-sonli “O‘zbek imo-ishora tili va brayl alifbosini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga o‘qishga qabul qilishda ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi.


Kanalga ulanish 👇
https://t.me/Fuqarolik_sud

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:13


Сиёсат билан танишиб бориш доим сизга фойда келтиради. Лекин ҳамма каналлар ҳам ишончли эмас.

Эътиборингизга энг янги сиёсат билан таништириб борадиган мутахассис каналини ҳавола этамиз.

Ўзингиздан билиб, ўтаверасизлар.

Раҳматини эса кейин айтиб қўясиз 😎


Ҳавола: 👉@jaydari_siyosat

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

21 Jan, 00:13


❗️HODIMLARNI ISHDAN BO‘SHATISH ASOSLARI:

📃  Mehnat kodeksining 155-moddasida hodimlarni ishdan bo‘shatishning asoslari keltirilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat;

xodim va ish beruvchi kelishuvi bo‘yicha;

mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan ishdan bo‘shash;

xodim o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shashi;

ish beruvchi tomonidan xodimni ishdan bo‘shatish;

tashkilot egasi almashganda, u qayta tashkil etilganda, tashkilotning bo‘ysunuvi o‘zgarganda xodim ishni davom ettirishni rad etishi;

xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi;

xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun ko‘chishni rad etishi;

tibbiy xulosaga ko‘ra xodim sog‘lig‘iga to‘g‘ri keladigan boshqa ishga o‘tishni rad etishi yoki ish beruvchida xodimga mos boshqa ish bo‘lmagan taqdirda;

xodim va ish beruvchi ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha;

yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o‘tmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish bo‘yicha;

alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida ishdan bo‘shatish asoslari mustahkamlangan asoslar bo‘yicha.


Kanalga ulanish 👇
https://t.me/Fuqarolik_sud