Fikr-burchak?

@fikr_burchak


Sahifa haqida:

= Kundalik;
= Foydali arxiv;
= Samimiy suhbat.

Fikrlovchilar hamma uchun qadrli, to‘g‘rimi?

Eplaganim:
— @Tibbiyot_103bot
— @Anatomiya_oquv_kursi

Fikr-burchak?

22 Oct, 05:44


Bu rasmda nimani ko‘ryapsiz?

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

21 Oct, 02:01


Videorolikni albatta ko‘ring.

Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da,
O'lib qolganmishman tushda nogahon.
Ko'ksimda qo'rg'oshin, quyosh tig'ida,
Tog'lar orasida yotibman bejon.

Uzoqda sharqirab soylar oqmoqda,
Borliqda bir ajib dilbarlik hokim.
Men esam o'ylayman yotib tuproqda:
Mana shu tuproqqa qo'shilar xokim.

Men o'lib yotibman, kimsasiz, unut,
Hech kimsa qayg'urmas va chekmas yohu.
Faqat cho'qqilarda qurqurar burgut,
Faqat vodiylarda ingraydi ohu.

Navqiron yoshimda bo'ldim-ku ado,
Otash yuragimni o'ydi axir o'q.
Na onam, na yorim bermaydi sado,
Do'st tugul, hattoki yig'ichi ham yo'q.

Fig'on otiladi jonsiz bag'rimdan,
(Go'yo fig'on bordek murda dilida.)
Shu payt ikki kishi o'tdi naridan,
Quvnoq suhbat qurib avar tilida.

Men-ku bu dunyodan ko'z yumdim mangu,
Ular kulib-kulib so'zlashar borin;
Qandaydir Hasanning turfa ishi-yu,
Qandaydir Alining sho'x kirdikorin.

Avar so'zin tinglab kirdi menga jon,
Ohista tirildim va shunda bildim:
Meni tuzatolmas hech dori-darmon,
Jonimga masihdir shu ona tilim.

Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,
Mening o'z tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yo'qolsa,
Men bugun o'lishga bo'lurman rizo.

Mayli, qashshoq bo'lsin, mayli, behasham,
Lekin mening uchun aziz va suyuk.
Jahon minbaridan yangramasa ham,
Ona tilim menga — muqaddas, buyuk!

Rasul Hamzatov

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

20 Oct, 16:00


O‘qing, fikrlang.

Fikr-burchak?

20 Oct, 15:56


Kelajagingiz haqida ishonchingiz komil bo'lmasligi - normal holat. Belgilangan algoritm bo'yicha qadam tashlashdan bosh tortib, endi buyog'iga nima qilishingiz kerakligini aniqlay olmaslik hatto nima xoxlashini bilmay qolish - xavotirli emas, o'zingizni ko'p qiynamang.
Shunchaki oddiy qabul qiling barchasini.

O'zingizga vaqt bering.

Hamma narsani 20 yoshlaringizda anglab yetishingiz aslida kerak emas.

22 yoshingizda orzuyingizdagi karyeraga qadam bosgan bo'lishingiz shart emas.

23 yoshingizda esa sevib qolib, butun umr birga bo'ladigan "odam"ingizni tanlashga majbur emassiz.

30 yoshgacha hammasi ideallashgan, barqaror ish, oila, bola-chaqa, garajda mashina, qo'shimcha biznes va ijtimoiy tarmoqlarda siz haqingizda "gapirib turadigan" bir nechta odamlaringiz bo'lishi ham shart emas.

Hechnima, hech qanaqasiga.

Aniq yosh,
aniq vaqt chizig'i uchun harakat qilmang. Boshqalarning hayot yo'liga va raqamlariga o'zingizni majburlab moslashtirishga urinmang.

Shunchaki, barcha tajribalarga "ochiq" bo'ling. Sinab ko'ravering barchasini. "Yo men nimani xoxlayman-a? Nima qilishim kerak o'zi, shumi endi meni kasbim? Shumi men yashaydigan joy? Men sevadiganlarim shumi?" deb hadeb savol beravermang o'zingizga.

Barchasini bir vaqtda aniqlashtirishga urinish - ortiqcha bosim ruhingizga.

Qiyin hobbylarga sho'ng'ing.
Uzoq masofaga yuguring.
Tatib ko'rmagan taomlaringizni sinab ko'ring.
Qo'rqadigan ishlaringizni qilib ko'ring.
Begona odamlar bilan suhbatlashing.
Ommaviy transportda odamlarni kuzating.
Qiyin tillarni o'rganing.
Dalalarda surat chizing.
Kichik detallarni kamerangizga muhrlang.

Aslida, siz orzu qiladigan ideal hayot - ideal kasb, ideal juft va ideal bank hisobidan iborat emas.

Hayot faqat shularga fokus qaratib yashashga o'ta qisqalik qiladi.

Idealist bo'lib, hayotni asl mohiyatini o'tkazib yuborish qayerda-yu, original obraz bo'lib yashash qayerda.

Yupiterlik

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

19 Oct, 06:03


Kishi xursand bo‘larkan, Toshkentdek joyda yillar oldin kursimizda o‘qigan talabalar bilan uchrashib qoldim.

Men chehralarini bilmasam-da (onlayn ta'limning kichik kamchiligi shu), tabassum bilan “biz sizni bilamiz” deb xursand bo‘lishdi. Shuning uchun ham @Anatomiya_uz qadrli menga.❤️

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

17 Oct, 18:44


O‘zi umuman, ba'zida avval yozgan kechinmalaringizni o‘qib turing. Yaxshi odat menimcha.

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

17 Oct, 18:08


Shuni bir ko‘rib yuborishlik...

Fikr-burchak?

16 Oct, 18:19


Yarim kechada yonimda kavshanib o‘tirgan odamni bo‘g‘ib qo‘ygim keladi. 🙂

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

13 Oct, 12:32


G‘alamislar, shunday manzaralarni ko‘rmay, boyligimga ko‘z olaytirasilar ekanda... 😑

Fikr-burchak?

13 Oct, 11:21


Yaxshi kun! 😇

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

12 Oct, 09:53


Talabalarning eng katta kamchiligi to‘g‘ri diagnoz shakllantirolmasligi, menimcha.

Tibbiyot oliy ta'lim dasturiga xalqaro kasalliklar tasnifi (МКБ-10) bo‘yicha mavzular kiritilishi kerak. Masalan, har bir siklning birinchi (yoki oxirgi) darsi faqat xalqaro klassifikatsiyani o‘rganishga bag‘ishlansin.

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

11 Oct, 06:33


Kuz... 🍂

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

10 Oct, 12:31


Befarq bo‘lolmaysan, akasan!

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

07 Oct, 10:01


Odam g‘alati bo‘larkan; Ukamni o‘quv markaziga borgandim, abituriyentlar xuddi amakisini ko‘rib qolgandek, rosa sersalom.

Shuncha tez qaridikmi Karl? 🥺

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

06 Oct, 07:46


Avvaliga barcha sog‘ligingni boylik uchun, keyin barcha boyligingni sog‘liq uchun sarflaysan.

Aslida to‘g‘rimi?

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

04 Oct, 16:43


Кеча Фейсбукда кимдирнинг "Дизайн"нинг томошасини кўриб, "Шуларнинг ҳам ота-онаси бормикан?!" деб берган саволига кўзим тушди.

Ҳақиқатдан ҳам бугун "Браво", "Миллион", "Дизайн" каби масхарабозлар бир четда турсин, эндигина бу соҳага кириб келаётган ҚВЗ чилар ҳам ёки белдан паст мавзуларни ёки инстаграм/тик-токдаги вирус видеоларга тақлид, ёки баклашка чекиш ёки бўлмаса Олим аканинг сочидан наридаги мавзуга ўтмайдиган бўлиб қолишган.

Буни "халқ шуни истаяпти", деб оқлашни ҳам билишади. Бироқ, вазиятга тескари қараса кўп нарса ойдинлашади:

Халқ белдан тепа, кучли IQ ва зукколик талаб этадиган, аудиториянинг савиясини кўтарадиган ёки яхшиликка ундайдиган ҳазилларни истаган тақдирда, ўша аудиторияга мослашармиди? Ўшалар учун ижод қилармиди?!

Энди савол, ўшандай аудитория топилмаса, халқ фақат расво нарсани истаса, яъни яхшиликка хизмат қилиш имкони бўлмаса, ёмонликка хизмат қилинаверадими?

Яхшиликка эмас, ёмонликка хизмат қилаверадими?!

Fikr-burchak?

30 Sep, 13:44


To‘g‘ri, bu juda go‘zal ish: lekin sovg‘a tanlashni hecham yoqtirmayman.

@Fikr_burchak