Farg‘ona viloyati Мadaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal

@fargonamadaniyat


Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasining rasmiy kanali.

Murojaat uchun: @S_Sidikov

Farg‘ona viloyati Мadaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal

23 Oct, 07:14


➡️Quvasoy shahridagi 11-bolalar musiqa va san'at maktabidagi imkoniyati cheklangan o'quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇
Telegram | Instagram | Facebook | 📹 YouTube

Farg‘ona viloyati Мadaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal

23 Oct, 07:10


XALQARO FESTIVAL

☑️Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida o‘tkazilayotgan "ALMATY PUPPET FESTIVAL" II Xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlar ko‘rik festivalida qatnashmoqda.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇
Telegram | Instagram | Facebook | 📹 YouTube

Farg‘ona viloyati Мadaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal

23 Oct, 06:55


#saylov2024

📍 "Saylov uchastkasi manzilini aniqlash" xizmatidan foydalanish tartibi

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇
Telegram | Instagram | Facebook | 📹 YouTube

Farg‘ona viloyati Мadaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal

23 Oct, 04:52


Farg‘ona shahridagi viloyat teatr-konsert saroyi old maydonida "Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostida gala konsert bo‘lib o‘tdi.

Unda 15 mingdan ziyod aholining turli qatlam vakillari, yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida aholi va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan loyihalar o‘tkazildi.

"El yurt umidi" jamg‘armasi granti sohibasi Mohinur Murodova, Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk ambassadori bo‘lgan Farg‘ona shahridagi 10-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Dilafruz Jo‘raboyevalar mamlakatimizda yoshlar kamoloti yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishlar haqida so‘z yuritishdi. Barcha yoshlarni yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shishga chaqirdilar.

O‘zbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimov, estrada xonandalari Shahlo Ahmedova, Zohirshoh Jo‘rayev va boshqa san’atkorlarning konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇
Telegram | Instagram | Facebook | 📹 YouTube

Farg‘ona viloyati Мadaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal

23 Oct, 04:41


🤔 Joriy yilning 22-oktyabr kuni Fargʻona viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Madaniyat boʻlimlarining mudirlari, madaniyat markazlari badiiy rahbarlari, hisobchilar hamda ijro intizomiga mas’ul boʻlgan xodimlar ishtirokida toʻqqiz oy yakunlari yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.

Unda boshqarma boshligʻi J.Tojibayev va oʻrinbosari E.Oʻrinov boshchiligida hamda boshqarma mas’ul xodimlari ishtirokida toʻqqiz oy yakuni boʻyicha kun tartibiga qoʻygan masalalarning har biri alohida-alohida tizimli ravishda muhokam etildi.

Yigʻilishda Madaniyat markazlarining moddiy-texnik bazasi, xodimlar oʻrtasidagi qat’iy tartib-intizom, toʻgaraklar faoliyati, chorak hisoboti, pullik tushim, ommaviy-madaniy tadbirlar, konsert tomoshalari va xalq unvoniga ega ansambllar faoliyati kabi masalalar koʻrib chiqildi.

Tanqidiy va tahliliy ravishda oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda shu kungacha yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar yuzasidan barchasi bartaraf etilishi hamda kelgusidagi faoliyat davomida takrorlanmaslikka kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇
Telegram | Instagram | Facebook | 📹 YouTube