2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

@fargona2tibbiyot


Assalomu alaykum!
Bu kanalda texnikumdagi tadbir va e'lonlar
berib boriladi.Bizning manzil: Farg'ona shahar S.Temur ko'chasi 65 A uy. https://t.me/fargona2tibbiyot

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

21 Oct, 08:48


Юртимизнинг барча ҳудудларида 21 октябрь – Ўзбек тили байрами куни муносабати билан байрам тадбирлари ўтказилмоқда. Бугун эрта тонгдан ўзбек адабий тилининг асосчиси, буюк мутафаккир шоиримиз Алишер Навоийнинг Фарғона шаҳридаги ҳайкали ёнида сана муносабати билан байрам тадбири ташкил этилди.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

14 Oct, 10:50


O'qimagan millat kuchli bo'lmaydi...

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

12 Oct, 07:22


2024-yil 12- oktyabr kuni 2-son Farg‘ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-sentyabrdagi ʼʼBuyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidaʼʼgi PQ-323-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Mirzo Ulugʻbekning hayoti va uning davlat arbobi sifatidagi faoliyati hamda, jahon ilm fani rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish choralarini koʻrish borasida texnikum oʻquvchi yoshlariga buyuk olim va davlat arbobi toʻgʻrisidagi koʻplab qiziqarli maʼlumotlar berildi.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

12 Oct, 07:16


🟢 Фарғонада бугун катта гала-концерт!
Экошаҳардаги гўзал амфитеатрда “Охунжон Мадалиев қўшиқлари эл қалбида яшайди” халқаро танловининг якуний дастури бўлиб ўтади

12 октябрь. Соат 17:30
🟣 Фарғона вилояти ҳокимлиги таклиф этади! Эстрада юлдузлари Абдурашид Йўлдошев, Отабек Муҳаммадзоҳид, Абдужалил Қўқонов, Қиличбек Мадалиевлар уч давлат қўшиқчилари иштирок этган танловнинг якуний гала-концертида куйлайдилар.

🟣Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғизистондан келган Охунжон Мадалиев қўшиқлари ижрочилари томонидан тайёрланган ўзгача концерт дастури намойиши сизни кутмоқда.

‼️ Кириш мутлақо бепул.

👉 Vodiy1.uzга уланиш учун   https://t.me/Vodiy1uzofficial.  Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

30 Sep, 11:28


2-son Fargʻona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 30.09.2024 yil 1- oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ,,Doim e'zozdasiz-aziz ustozlar'' shiori ostida o'qituvchi va xodimlarni bayramona kayfiyatda kutib olindi.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

30 Sep, 08:08


👩‍⚕👨‍⚕Ассалому алайкум хурматли билимга чанқоқ қадрли ўқувчилар 2024-2025 ўқув йили1-курслар учун ўқиш 2.10.2024 кунидан бошланади. Сизлар орзиқиб кутган кун келди. Сизларни янги ўқув йили бошланиши билан табриклаймиз. Сизларга ушбу танлаган машаққатли йўлингизда омад тилаймиз.Дарс жараёнлари 8-30 да бошланади кеч қолмасдан келамиз.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

23 Sep, 16:27


🏛 OTFIV FERGANA | HAMKORLIK

Farg‘ona viloyati hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Mamajonov bilan birgalikda 2-Farg‘ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Quvayt davlatidan tashrif buyurgan "Gulf Care General Trading" kompaniyasi vakillari bilan uchrashib professional ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzoladilar.

"Gulf Care General Trading" kompaniyasi vakillari hamda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i T.Boymatov bilan ta’lim muassasadagi yaratilgan berilgan shart-sharoitlar, simulatsion xonalarni ko‘zdan kechirib, istiqbolli rejalar to‘g’risida kelishuvlarga erishildi.

🌐https://t.me/OTFI_Ferghana