Doctor Akhror

@doktor_ahror


Neyroxirurg – O'zbekistonda "Disk churrasini endoskopik jarrohligi" asoschisi

2000dan ortiq muvaffaqiyatli operatsiyalar

Ushbu kanalda umurtqa sohasiga oid bo'lgan foydali ma'lumotlarni va disk churrasini qanday davolash mumkinligi haqida bilib olasiz

Doctor Akhror

05 Sep, 16:43


https://t.me/+D2WwGuyi3m9iODRi

Doctor Akhror

16 Aug, 18:31


https://yandex.com/maps/org/49265588744

Doctor Akhror

04 May, 03:55


https://www.youtube.com/live/Q7XV-qqjAIE?si=kTD4DBbV_hT1JcCr

Doctor Akhror

03 May, 05:05


https://youtube.com/live/KRWBUHTpg5E?feature=share

Doctor Akhror

02 Mar, 16:46


Keksa insonlarga maslahatim!

Inson o‘zini doimo sog‘lom va tetik his qilishi uchun e’tibor berishi va amal qilishi kerak bo‘lgan faoliyat turlari mavjud. Ushbu maslahatlarga yoshi katta bo‘lgan otaxon va onaxonlarimiz ham amal qilishsa, sog‘lom va tetik bo‘lib yuradilar.

Hozir sizlar bilan ana shu maslahatlarni sizlar bilan birgalikda ko‘rib chiqamiz!

1️⃣ Jismoniy mashqlarni bajarib turing!

Yoshingizga mos keladigan, qaltis bo‘lmagan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullaning. Sayrga chiqing va piyoda yurishni kanda qilmang.

2️⃣ Muvozanatli taomlaning:
Meva, sabzavot, to‘liq don, yog‘siz oqsillar va kam yog‘li sut mahsulotlariga boy taomlarni kerakli miqdorda, muvozanatli iste’mol qiling. Yetarli miqdorda suv ichib yuring!

3️⃣ Salomatligingizni doimiy tekshirtiring:
Sog‘lig‘ingizni nazorat qilish uchun shifokoringiz bilan muntazam tekshiruvlarni tez-tez amalga oshiring.

4️⃣ Yetarli miqdordagi uyquni yo‘lga qo‘ying:
Har kecha 7-9 soat sifatli uyquni maqsad qiling. Uyqu rejimini belgilang, chunki bu uyquni yaxshilashga yordam beradi.

5⃣️️️️️️ Ijtimoiy aloqani yo‘lga qo‘ying:
Yakkalanish va yolg‘izlik tuyg‘ularini kamaytirish uchun ijtimoiy faol bo‘ling. Do‘stlar, oila va jamiyat a’zolari bilan munosabatlarni saqlang. Bu borada sayohatlar ham katta o'ringa ega!

6️⃣ Xavfsizlik choralari:
Sizning yashash muhitingiz xavfsiz va xavf-xatarlardan xoli bo‘lishini ta’minlang. Yiqilishning oldini olish uchun tutqichlar yoki sirpanmaydigan paspaslar(kichikroq gilamchalar) kabi modifikatsiyalarni ko‘rib chiqing.

Agar ushbu postni ota-onasi keksayib qolgan do‘stlarimiz o‘qiyotgan bo‘lishsa, yuqoridagi barcha maslahatlarimga amal qiling va ota-onangiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga e’tiboringizni qarating. Zero, ota-onangiz uchun eng kerakli va zarur narsa, bu sizning e’tiboringiz va mehringiz bo‘lsa ham!

Ushbu postni do‘stingizga yuborib qo‘ying va fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!

Kuzatib borish uchun:
Telegram | Instagram

Doctor Akhror

02 Mar, 13:40


Qizlar ham “Грыжа” bo‘ladimi, axir ular og‘ir narsa ko‘tarishmaydi-ku?

Azizlar, agar esingizda bo'lsa, bundan oldin ham bir qiziq mavzu haqida suhbatlashgan edik. O'shamda, statistikaga ko'ra “Грыжа”ning har 1000 ta murojaatdan 14 tasida uchrashi haqida aytgandim. Mana shu 14 ta bemorning orasida ham qizlar yo'q emas.

Bugun esa – disk churrasi paydo bo‘lishining sabablari va u kimlarda ko‘proq uchrashi haqida gaplashamiz!

1️⃣ Noto‘g‘ri harakat - bu umurtqa pog‘onasi bo‘ylab yukni noto‘g‘ri taqsimlanishi. Bunda fibroz xalqada distrofik o‘zgarishlarga olib keladi.

2️⃣ Mushak korsetini kuchsizlanib borishi - bu esa kam harakatlilik, yetarlicha jismoniy harakat qilmaslik oqibatida yuzaga keladi.

3️⃣ Osteoxondroz - umurtqa pog‘onasida moddalar almashinuvining buzilishi oqibatida distrofik o‘zgarishlar yuzaga keladi. Osteoxondroz davolanmaganda fibroz xalqaning yorilishi oqibatida disk churrasiga olib keladi.

4️⃣ Yuqumli kasalliklar - bu kasalliklar metobolizmni, ya'ni organizmda moddalar almashinuvining buzilishi oqibatida umurtqada distrofik o‘zgarishlar yuzaga keladi.

5️⃣ Shikastlanishlar - bunda sog‘lom umurtqa pog‘onasiga qo‘pol mexanik ta'sir tufayli umurtqada disk churrasi rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

6️⃣ Nasldan naslga o‘tishi - o‘z o‘zidan ma'lumki disk churrasi nasliy kasallik emas. Umurtqa pag‘onasini spetsifik tuzlishi nasldan-naslga o‘tadi. Boshqa kasalliklar tufayli disk churrasiga olib kelishi mumkin.

7️⃣ Yoshga aloqadorligi - yoshning kattalashishi bu kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘lmasligi mumkin, ya'ni yosh kattalashgan sari pulpoz yadro qattiqlashishi tufayli diskning bo‘rtib chiqishi kamayadi. Bu holat 50 yoshdan kattalarda kuzatiladi.

8️⃣ Ortiqcha vazn - bunda me'yoridan ortiqcha og‘irlik umurtqa pog‘onasiga tushishi oqibatida mutanosiblik buziladi va disk churrasiga sabab bo‘ladi. Og‘irlik eng ko‘p tushadigan sohada disk churrasi paydo bo‘ladi.

9️⃣ Disk churrasi sekin rivojlanadigan kasallik bo‘lib, oylar, yillar davomida rivojlanadi. Birdan harakat yoki egilish, yiqilish yoki lat yeyish fibroz xalqaning yorilishiga olib keladi. Pulpoz yadro chiqib disk churrasi kasalligi belgisi namoyon bo‘ladi. 20 yoshda umurtqa pog‘onasi rivojlanishdan to‘xtaydi.

Shu yoshdan disk churrasining ilk belgilari boshlanib, bir necha yillar davomida rivojlanib boradi. Demak, 20 yoshdan boshlab umurtqa pog‘onasini sog‘lomlashtiruvchi chora-tadbirlar boshlanishi kerak. Bu jarayonlar qizlar bilan ham birdek!

“Грыжа”ning kelib chiqishida noto'g'ri o'tirishning ham ta'siri haqida bilish uchun
ushbu havola ustiga bosing!

Kuzatib borish uchun:

Telegram | Instagram