Kimyo laboratoriyalar / Chemistry laboratory

@chemistry_laboratoriya


Kimyo – bashariyat baxti, yashirin mo'jizalar makonidir, tafakkurning eng buyuk kashfiyotlari ana shu sohada amalga oshajak.
M.V.Lomonosov

Ega: @Black_diaMond_2000

Reklama: @laboratoriyalar_bot

Kimyo laboratoriyalar / Chemistry laboratory

13 Oct, 06:12


E'lon

Kimyo fanidan onlayn o'qituvchi kerak. Asosiy qiladigan ish, masalan ishlash. Agarda sizni masalaviy qismingiz zo'r bo'lsa bu taklif aynan siz uchun 😉

Murojaat uchun: @Chemistr012

Kimyo laboratoriyalar / Chemistry laboratory

12 Oct, 05:36


#tajriba

🧪 "Kimyoda sharchalar"

Bizga kerak:

1. Glitserin
2. Idish yuvish uchun ishlatiladigan gel
3. Suv

Hammasini aralashtiramiz. Glitserin ko'proq bo'lsa sharikchalar yorilmay havoda muallaq turadi.

P.s.: Bolajonlar o'ynaydigan maxsus idishiga solsangiz uyda ham qiziqarli mashg'ulot bo'ladi 😅 (Idishi suvi bilan 3-5 ming so'm turadi)

Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang:

👉 @Chemistry_Laboratoriya

Kimyo laboratoriyalar / Chemistry laboratory

09 Oct, 06:30


Kimyo fanini tanlaganim uchun avvallari doim jahlim chiqardi. Nega hamma fanni lug'aviy ma'nosi bor-u, bu fanniki aniq emas deb. Chunki biologiya, geografiya singari fanlarni ma'nosi kitobni o'zida berilgan edi biz o'qigan davrda. Shukrki 7-sinf yangi darsligida bu ma'lumot yangilik sifatida kiritildi 😅 Lekin hozir bu ma'lumotni takrorlamoqchi emasmiz.

"Kimyo" so'zining lug‘aviy ma’nolari har sohada turlicha sharhlanadi. Keling bugun shularni ko'rib chiqamiz.

Ilmiy ma’no

Moddalar tarkibi, xossalari, tuzilishi va ularning bir-biri bilan o'zaro ta'sirini o'rganadigan ilmiy yo'nalish.

Falsafiy ma’no

O'rta asrlarda alkimyo deb atalgan, moddalarni bir holatdan boshqasiga o'zgartirish, jumladan, oddiy metallarni oltin va kumushga aylantirishga qaratilgan mistik bilimlar tizimi.

Ruxiy va ramziy ma’no

Qadimiy Sharq adabiyotida va tasavvufda “kimyo” ruhiy poklanish yoki insonning ma'naviy jihatdan kamol topishi jarayonini anglatgan.

Ijobiy metafora

"Kimyo" so'zi ko‘pincha tasviriy ma’noda, ya'ni biror narsani mo'jizaviy tarzda yaxshilash yoki o‘zgartirish ma’nosida qo‘llaniladi.

Foydali bo'lgan bo'lsa, qiziqqanlarga yuborib qo'yamiz 🔥

https://t.me/Chemistry_Laboratoriya

Kimyo laboratoriyalar / Chemistry laboratory

08 Oct, 05:46


Kislorod haqida kamroq eshitilgan ma'lumotlar

Metall bo'lishi mumkin

Juda past haroratlarda kislorod suyuqlik yoki qattiq metall shaklida bo'lishi mumkin. Supero'tkazuvchan holatda u kuchli magnit xususiyatlarga ega.

Yer ustida faqat oz qismi mavjud

Kislorod Yerda eng keng tarqalgan element bo'lsa-da, uning ko'p qismi qattiq tog' jinslari va minerallarda bog'langan. Atmosferadagi kislorod atigi 21% ni tashkil etadi.

Fotodekompozitsiya bilan yo'qolishi

Atmosferadagi kislorodning bir qismi yuqori balandliklarda quyosh nurlari ta'sirida fotodekompozitsiyaga uchraydi va natijada kislorod atomlariga ajraladi.

Yarimo'tkazuvchanlik xususiyati

Kislorod yarimo'tkazuvchi material sifatida ba'zi joylarda, masalan, perovskitlar, elektron qurilmalarda qo'llanilishi mumkin.

Hayot uchun zaharli sharoitlarda bo'lishi

Ko'p miqdorda kislorod hamma organizmlar uchun ham foydali emas. Yuqori konsentratsiyali kislorod organizmlarda oksidlovchi xossaga olib keladi va hujayra zararlanishiga sabab bo'lishi mumkin.

Zararli molekulyar kislorod

Erkin radikallar (yakka elektronli kislorod) reaksiyaga o'ta kirishuvchan va hujayralar uchun zararli. Ular DNKni, lipidlarni va oqsillarni oksidlab, kasalliklar va qarish jarayonlarini tezlashtirishi mumkin.

Foydali bo'lgan bo'lsa, qiziqqanlarga yuboramiz 🔥

@Chemistry_Laboratoriya

Kimyo laboratoriyalar / Chemistry laboratory

07 Oct, 04:09


#tajriba

🧪 "Ko'k olov" tajribasi

Bizga kerak:

1. Distillangan suv
2. Xlorid kislota
3. Mis sulfat
4. Aluminiy yoki folga qog'oz

Bajarilish tartibi:

1. Distillangan suvga xlorid kislota qo'shamiz.
2. Aralashmaga ozgina mis (II) sulfat solamiz
3. Aralashma yashil rangga kirganini ko'ramiz. Ichiga aluminiy solsak, shiddat bilan gaz chiqa boshlaydi.
4. Gazga olov tutsak, ko'k rangga kirganini ko'ramiz.

P.s.: Bu tajribani kanalimiz obunachilaridan biri bajarib ko'rgan. Demak aniq o'xshaydi 🔥

Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang:

👉 @Chemistry_Laboratoriya

Kimyo laboratoriyalar / Chemistry laboratory

05 Oct, 04:29


Kloud Lui Bertolle (Claude Louis Berthollet) (1748-1822) fransuz kimyogari bo'lib, o'zining muhim ilmiy kashfiyotlari bilan tanilgan. U kimyoviy reaksiyalar va gazlar sohasidagi ishlari bilan mashhurdir.

Bertolle kimyoviy reaksiyalarni tahlil qilish, gazlarning o'zaro ta'siri, va reaksiyalar muvozanati bo'yicha kashfiyotlar qilgan. U, ayniqsa, kimyoviy muvozanat tushunchasini fanga kiritib, reaksiyalarning qayta tiklanishi mumkinligini ko'rsatgan.

Bertolle, shuningdek, 1790-yilda gipoxloritlar (hozirgi vaqtda "javel suvi" deb ataladigan suv) yordamida oqlash jarayonini rivojlantirgan va shu tariqa to'qimachilik sanoatiga katta hissa qo'shgan. U fransuz inqilobidan keyingi ilmiy rivojlanishga ham katta ta'sir ko'rsatib, Fransiya milliy ilmiy markazining (Institut de France) a'zosi bo'lgan.

Shuningdek, Bertolle Lavoisier bilan ishlagan va o'sha davrda elementlarning tasnifi va ularning o'zaro reaksiyalarini tushunishda faol qatnashgan.

Foydali bo'lgan bo'lsa, qiziqqanlarga yuborib qo'yamiz 🔥

https://t.me/Chemistry_Laboratoriya

Kimyo laboratoriyalar / Chemistry laboratory

04 Oct, 15:57


3 daqiqada boshlaymiz 🤝😎

Kimyo laboratoriyalar / Chemistry laboratory

04 Oct, 03:48


Bugungi Quiz test haqida

Assalomu aleykum. Kuningiz xayrli va barakali o'tsin!

Boshlanish vaqti: 21:00
📊 Savollar soni: 10 ta
Savollar kelish orasi: 1 daqiqa
🙌 Manzil: @Chemistry_Laboratoriya

Eslatib o'tamiz bu savollar faqat kimyoviy laboratoriyalardan bo'ladi. Masala yo'q. Nazariya qismi.

Testni ishlaganingizdan so'ng balki sizga juda oddiy bo'lishi ham mumkin. Lekin bu hali boshlanishi. Shu oddiy narsalardan ham tushgan attestatsiya savollariga.

Shunday ekan yaqinlaringizni bemalol taklif qilavering. Qo'rqmay kelishsin o'zi qittigina savol bor 😅

https://t.me/Chemistry_Laboratoriya

Kimyo laboratoriyalar / Chemistry laboratory

03 Oct, 15:13


Taklifni yuborishga ulgurdingizmi? 🙌😊

Kimyo laboratoriyalar / Chemistry laboratory

03 Oct, 08:21


#tajriba

Booom reaksiya 💥💥💥

Bizga kerak:

1. Kaliy permanganat
2. Konsentrlangan sulfat kislota
3. Qog'oz bo'lagi

Kaliy permanganat bilan konsentrlangan sulfat kislota aralashmasi ozroq qoldiriladi. Keyin qog'oz parchasi tashlanadi.
Sulfat kislota konsentrlangan va kaliy permanganat quruq holda bo'lishi kerak.

P.s.: Portlaganini sababi qog'oz tarkibida selluloza bor.

Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang:

👉 @Chemistry_Laboratoriya