BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

@baxtiishod


🌏 Koʻproq sayohat, manzillar va fikrlar!
🧳 Sayohatchi indeksi 17/4 - 🇺🇿🇸🇦🇻🇳🇰🇿

🫱🏻‍🫲🏽 Reklama: @hamkorli

Boshqa tarmoqlarda ham kuzating ↙️
→ instagram.com/baxtiishod
→ youtube.com/@baxtishod
→ tiktok.com/@baxtiishod

🫀 Shaxsiy sahifa: @bakhtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

22 Oct, 15:17


✈️ Bu qiz tayyorlagan koʻrsatuv, oʻzbek televideniyesidagi istalgan Travel shou-
lardan yaxshiroqdir!


🟢 Tanishing — Zebo Xomidova, ijodini instagramda boshlagan bu oʻzbek qizi, YouTube’da ham faoliyatini davom etib kelmoqda.

🇹🇷 Zebo Istanbulga sayohat qilib, oʻzining YouTube kanaliga shahar haqida koʻrsatuv tayyorlagan. Eng qizigʻi deyarli hammasini telefonda tasvirga olgan (drone kadrlardan tashqari), lekin oʻzbek televideniyesidagi travel shou’lardan anchagina aqlli, qiziqarli va sifatli chiqqan.

🟢 Oʻzim koʻrsatuvni bir nafasda koʻrib chiqdim, xullas sizlarga ham koʻrishni tavsiya qilaman.

🔗Quyidagi havola orqali oʻtib, koʻrsatuvni tomosha qilishingiz mumkin. Sayohatchi oʻzbek qizini qoʻllab-quvvatlang:

➡️ TOMOSHA QILISH UCHUN

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

22 Oct, 13:37


🍁 Kuz faslida aylanish uchun Toshkentdagi top manzillar

▫️ Elbek bogʻi - manzil
▫️ Botanika bogʻi - manzil
▫️ UzEkspoMarkaz bogʻi - manzil
▫️ Romanovlar saroyi - manzil
▫️ Anhor boʻyi - manzil
▫️ Eco park - manzil

Kuzni yaxshi koʻradiganlar - 😍
Kuzni yomon koʻradiganlar - 🤨

Yaqinlarga yuborishni va obuna boʻlishni unutmang @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

22 Oct, 12:00


Oʻzbek milliy qoʻgʻirchoq teatri 🎞️

🟢 Aniq vaqti yodimda yoʻq, ammo oxirgi marta bu maskanga chamasi boshlangʻich sinfda oʻqiyotganimda, maktab tomonidan sinfdoshlarim bilan birga borgan edik.

🟢 Oʻshanda adashmasam qish fasli edi, havo sovuq boʻlgan, menimcha yangi yil arafasi borganmiz. Hali ham oʻsha kunni sogʻinaman va albatta hozirgi maktab bolalari ham borishini xohlayman, chunki teatr boshqa, televizordagi multfilimlar boshqa.

🟢 Ota-onalarga iltimosim, agar hozirgi paytda, maktablarda bolalarni olib borishmayotgan boʻlsa, oʻzingiz tashkillashtiring, bolajonlaringizni televizor va telefonlardan biroz dam oldiring.

🟢 Bilmaganlar uchun bu joy haqida, qachon qanaqa spektakllar qoʻyilishi, narxlari, e’lonlari qayerlarga joylashi haqida alohida kontent tayyorlashga harakat qilaman.

🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

22 Oct, 11:06


🇨🇳 Talabalar uchun Xitoyda maxsus 2 haftalik kurs!

O’zbekiston OTMlari talabalari uchun Xitoyning Zhengzhou universiteti tomonidan maxsus 2 haftalik madaniy kurs tashkil qilinmoqda!

📌 Kutib olish xizmati, Yotoqxona, ovqatlanish, universitet tashqarisiga sayohat va 2 haftalik kurs barchasi 500$

❗️ Birinchi hujjat topshirgan 10 kishi uchun 500$ emas 370$

☎️ Batafsil ma’lumot uchun:
+998949997933

@globusgroup_agency

Telegram | Instagram

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

21 Oct, 14:01


📚 40 dan ortiq kitoblarga yozilgan taqrizlarni o'qishni istaysizmi?

✍🏻 Talabaning fikrlari, iqtiboslar, kitoblar haqida qiziqarli ma'lumotlar hammasi shu kanalda!

🟢 Obuna bo'ling - https://t.me/+ZVINydIdPlgxNjdi

Reklama ijodimni davom ettirishim uchun yordam beradi! 🤝

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

21 Oct, 12:00


✈️ Kechagi hafta mobaynida kanalga yozgan eng asosiy mavzularim:

🔍Toshkentdagi Mall’lar - link

🔍Yangi Toshkentda nima quriladi? - link

🔍Yangi gastronomik koʻcha - link

Kuzatishda davom eting — @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

21 Oct, 08:30


Eshitdingizmi? 🟢

🟢 “Chilonzor” metrosi yaqinidagi bekatlaridan birida rekonstruksiya ishlari boshlanibdi

🌳 Avtobekatning ikkinchi qavatida kafe joylashgan terassa boʻlishi va ichkarisiga boʻlsa daraxt ham ekish rejalashtirilibdi ekan

Yaqinlaringizga ham yuborishni unutmang 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

21 Oct, 04:40


4-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir 🇺🇿

@bakhtiishod